Albert Xachaturov
Albert Iosifovich Xachaturov | |
---|---|
Tavalludi |
8-mart 1930-yil |
Vafoti |
8-fevral 1976-yil (45 yoshda) ToshkentOʻzSSR |
Fuqaroligi | |
Kasbi | kinorejissor |
Faoliyat yillari | 1953—1976 |
Yoʻnalish | Drama |
Mukofotlari | Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist |
Albert Iosifovich Xachaturov (1930-yil 8-mart, Toshkent — 1976-yil 8-fevral) — sovet va oʻzbek kinorejissori, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (30.09.1957).[1][2]
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xachaturov 1930-yil 8-martda Toshkent shahrida dunyoga keladi.
Maktabni a’lo baholarga bitirgach, 1948-yilda kinoaktyorlar maktabini bitiradi. U 1953-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan.
Ushbu yili Namangandagi Navoiy nomidagi drama teatrida bosh rejissor, Hamza nomidagi akademik teatrida rejissor sifatida faoliyat olib bordi.
Albert Iosifovich 1960-1976-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi rejissori boʻldi.
U Toshkent musiqa bilim yurtida va Toshkent teatr va rassomchilik institutida talabalarga dars bergan.
Xachaturov shuningdek, “Nashtar” respublika satirik kinojurnalining bir qator kinolavhalar rejissori sanaladi.
El ardoqlagan rejissor 1976-yil 10-fevralda vafot etgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rejissorning rafiqasi Nadejda Savvishna teatrshunos va telejurnalist.
- oʻgʻli - Mikael Xachaturov (1956-yilda tugʻilgan), „Sharq taronasi“ Xalqaro festivalining bosh rejissori.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rejissorlik ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1963-yil - Sening izlaring
- 1967-yil - Farhodning jasorati
- 1967-yil - Vijdon sari
- 1971-yil - Jazirama quyosh tigʻida
- 1976-yil - Katta akam
Ssenariy ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1973-yil - Muxlis (kinoalmanax)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Хачатуров Альберт Иосифович“. tashkentpamyat.ru. Qaraldi: 20-iyul 2012-yil.