Alberta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alberta
Skyline of Alberta
Alberta
Bayroq
Alberta
Gerb
55°0′0″N 115°0′0″W / 55.00000°N 115.00000°W / 55.00000; -115.00000 G OKoordinatalari: 55°0′0″N 115°0′0″W / 55.00000°N 115.00000°W / 55.00000; -115.00000 G O
Mamlakat Kanada
Maydon 6,612 km2 (2,553 mi²)
Rasmiy til(lar)i Ingliz tili
Aholisi
4,368,370
Alberta xaritada
Alberta
Alberta

Alberta — Kanada janubi-gʻarbidagi provinsiya. Maydoni 661,2 ming km2. Aholisi 2,5 mln kishi, shahar aholisi 70 % (1991). Maʼmuriy markazi — Edmonton shahri. Albertaning katta qismi yassi va toʻlqinsimon baland tekislik (balandligi 1000 m gacha) dan iborat. Janubi-gʻarbi — qoyali togʻlar. Oʻrmondasht va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shimoli-gʻarbi — igna bargli oʻrmonlar. Xoʻjaligida yirik fermalarning salmogʻi katta. Alberta Kanadada yetishtiriladigan bugʻdoy, suli, arpa va qand lavlagining ancha qismini beradi. Kanadada chiqariladigan neft, gaz va koʻmirning ham koʻp qismi Albertadan qazib olinadi. Koʻmir konlari (zaxirasi 228 mln t)dan 19-asr oʻrtalaridan boshlab foydalaniladi. Eng katta neft konlari: Pembina, Reduoter, Ledyuk-Vudbend; gaz konlari asosan janubda. Neft haydash va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari: Edmonton, Kalgari, Medisin-Xat. Albertaning markaziy va janubiy qismida Kanadani kesib oʻtadigan 2 temir yoʻl bor. Edmonton — Ferbenks avtostradasi Albertani Alaska bilan bogʻlaydi. Albertadan Kanadaning Vankuver, Toronto, Monreal, shaharlariga va AQShga neft va gaz quvurlari oʻtkazilgan.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alberta shimoldan janubga tomon 1200 km (750 milya) dan ortiqroqqa choʻzilgan; shu sabab tufayli u yerning iqlimi sezilarli darajada farq qiladi. Yanvar oyida u yerdagi oʻrtacha yuqori harorat janubi-gʻarbda 0 °C (32 °F) dan uzoq shimolda esa −24 °C (-11 °F) gacha pasayadi. Rocky togʻlarining mavjudligi ham janubi-gʻarbiy qismidagi iqlimga ham katta taʼsir qiladi, bu esa gʻarbiy shamollar oqimini yoʻnalishini oʻzgartiradi va namlikning katta qismini shaharlarga yetib bormasdan togʻ tizmalarining gʻarbiy yonbagʻirlarida qolib ketadi. Albertaning Tinch okeanining shimoliy qismiga yaqin joylashgani sabab hududda mo''tadil quruq iqlim tarqalishiga olib kelgan. Yillik yogʻin miqdori janubi-sharqda 300mm (12 dyuym) dan shimoldan esa 450 mm (18 dyuym) gacha yetadi va doimiy oʻzgarib turishi kuzatiladi. Ammo, togʻ oldi hududlarida jami yogʻingarchilik shuningdek qor yogʻishi 600 mm (24 dyuym) ga yetishi kuzatialdi[1][2].

Alberta shimoliy qismi asosan oʻrmonlar bilan qoplangan hamda subarktik iqlimga ega. Alberta janubida joylashgan qishloq xoʻjaligi hududi yarim qurgʻoqchil choʻl iqlimiga ega, chunki yillik yogʻin miqdori oʻsimliklar uchun ketadigan va bugʻlanib ketadigan suv hajmidan kamroqligida. Albertaning janubi-sharqiy qismi Palliser uchburchagiga toʻgʻri kelgani sababli yoz oylarida boshqa qoʻshni hududlarga qaraganda havo harorati yuqorilaydi hamda yogʻingarchilik miqdori sezilarli darajada kam boʻladi. Albertaning gʻarbiy qizmlari togʻliklardan iborat va shu sababdan ham iliq havo va iliq harorat kuzatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Climate and Geography“. About Alberta. Government of Alberta (2008). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-may.
  2. „Alberta Weather and Climate Data“. Government of Alberta, Department of Agriculture and Rural Development (2012). 2016-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-may.