Albitssiya
Qiyofa
Albitssiya (Albizia) — burchakdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar turkumi. 50 ga yaqin turi bor. Asosan tropik va subtropik hududlar (Eron, Hindiston, Efiopiya, Zakavka-ze)da yovvoyi holda uchraydi. Barglari juft patsimon, murakkab, gullari kallak toʻpgulga yigʻilgan. Oʻzbekistonda Albitssiyaning julibrissin xushmanzara turi oʻsadi. Bu tur yovvoyi holda Ozarbayjondagi Talish togʻi oʻrmonlarida tarqalgan boʻlib, „ipak akatsiya“ nomi bilan Kavkazning boshqa joylarida, Krim va Oʻrta Osiyoda ham ekiladi. Oʻzbekistonda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona shaharlarida oʻstiriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |