Aldan (daryo)
Aldan | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 2 273 |
Maydoni | 729 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Aldan (daryo) |
Aldan — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Lenaning eng yirik oʻng irmogʻi. Stanovoy tiz-masining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Yuqori oqimida Aldan yassitogʻligini kesib oʻtib, Yakutskdan 160 km quyida Lena daryosiga quyiladi. Uzunligi 2273 km. Havzasining maydoni 729 ming km². Daryoda yogʻoch oqiziladi. Kuyilish yeridan 1753 km masofada kema qatnaydi. Kor va yom-girdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha yillik suv sarfi 5110 m³/sek. A. quyi qismida oktabr oxirida muzlab, may oyida muzdan boʻshaydi. A.da baliq ovlanadi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |