Kontent qismiga oʻtish

Aldo Moro

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MORO (Moro) Aldo (1916-1978) - Italiya davlat va siyosiy arbobi, diplomat. M. Italiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (1948—50); parlamentda Xristian-demokratik partiyasi (XDP) fraksiyasi yetakchisi (1953—55); adliya vaziri (1955—57); maorif ishlari vaziri (1957—59); XDP siyosiy kotibi (1959-63); Italiya Bosh vaziri (1963— 68, 1974—76); tashqi ishlar vaziri (196566, 1969-72 va 1973-74); XDP Milliy kengashi raisi (1976—78). Xalqaro keskinlikni yumshatish hamda sotsialistik mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish tarafdori boʻlgan. Terrorchi "Qizil brigadalar" tashkiloti tomonidan oʻldirilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil