Kontent qismiga oʻtish

Aleatorika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleatorika (lotincha, alea – tasodifiylik) – XX asr ikkinchi yarmida Yevropa kompozitorlik ijodida dodekafoniyaning qatʼiy qonun-qoidalariga qarshi yuzaga kelgan oqim. Uning zamirida tasodifiylik (masalan, muayyan notalarni ishlatish boʻyicha „qur’a“ga tayanish, soqqachalar tashlash va boshqalar)dan ijodiy foydalanish yotadi. Aleatorika asarlarida kompozitorlar baʼzan ijrochilarning mahorat imkoniyatlariga ham unumli tayanishadi. Shu bois hozirgi kungacha mexanik (qatiy) Aleatorika, badihaviy Aleatorika va nazoratli Aleatorika turlari odat tusiga kirgan. Bularning birinchi va ikkinchisi P. Bulez (Fransiya) va K. Shtokxauzen (Germaniya) tomonidan 1950-yillarning 2-yarmida, uchinchisi esa 60-yillar boshida V. Lyutos-lavskiy (Polsha)larning izlanishlari natijasida joriy etilgan. Oʻzbekiston kompozitorlari (N. Zokirov, T. Qurbonov, F. Yanov-Yanovskiy va boshqalar) ijodida ham Aleatorika alomatlari uchraydi[1].




  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil