Aleksander Klumberg
Aleksander Klumberg | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi |
Estoniya Rossiya imperiyasi |
Tavallud sanasi | 17-aprel 1899-yil |
Vafot sanasi |
10-fevral 1958-yil (58 yoshda) |
Boʻyi | 174 sm |
Vazni | 74 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Yengil atletika (dekatlon) |
Klubi | Kalev Tallin |
Aleksander Klumberg (1936-yilda familiyasini Kolmperega oʻzgartirgan; 17-aprel, 1899-yil – 10-fevral, 1958-yil) – estoniyalik yengil atletikachi (dekatlet)[1], Parijdagi olimpiya oʻyinlari sovrindori (1924). Dekatlon boʻyicha birinchi jahon rekordchisi.
4-darajali Estoniya Qizil Xoch ordeni sohibi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1899-yil 17-aprelda Rossiya imperiyasining Revel (hozirgi Tallin) shahrida tugʻilgan[2].
Aleksander Klumberg 1918—1919 yillarda ozodlik urushida ishtirok etgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Blumberg 12-13 yoshida sport bilan shugʻullana boshlagan. Ikki yildan soʻng Kalevga koʻchib oʻtgan va mahalliy klub safida mashgʻulot oʻtkazgan. Uch hatlab sakrash boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. Estoniya va Rossiya imperiyasida rekordlar oʻrnatgan. 1916-yilda uch hatlab sakrash boʻyicha Rossiya chempioni boʻlgan. Shuningdek, uzunlikka sakrash bahslarida ham qatnashib, ikkinchi oʻrinni egallagan[2].
1920-yilda Antverpenda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida nayza uloqtirishda 5-oʻrinni, pentatlonda esa 8-oʻrinni egallagan. 1923-yilgi xalqaro musobaqalarda nayza uloqtirish boʻyicha uchinchi, dekatlonda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan[2].
1922-yildan 1923-yilgacha jahon reytingini boshqargan. Shuningdek, faoliyati davomida yana bir echa marta reytingda yetakchilik qilgan[2].
1924-yilda Parijda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida dekatlon boʻyicha bronza medalni qoʻlga kiritgan va nayza uloqtirishda 17-oʻrinni egallagan[3]. Eesti Spordileht uni barcha davrlardagi eng yaxshi estoniyalik sportchi deb eʼtirof etgan[2].
Sportdan tashqarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yilda Klumberg yengil atletika boʻyicha ikkita darslik yozgan va maxsus (sportga yoʻnaltirilgan) adabiyotlarni nashr etish jarayonlarida ishtirok etgan[2]. Polsha yengil atletika olamiga 10 000 metrga yugurish boʻyicha 1932-yilgi olimpiada chempioni Pole Yanush Kusochinskiyning murabbiyi sifatida tanilgan.
1936-yilda familiyasini Kolmperega oʻzgartirib, estonlashtirgan[2].
1940-yilda 4-darajali Estoniya Qizil Xoch ordeni bilan mukofotlangan[2] .
1958-yil 10-fevralda ona shahrida vafot etgan. Tallindagi Rahumäe qabristoniga dafn etilgan[2][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Aleksander Klumberg“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 „Aleksander Klumberg“ (et). ESBL. 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
- ↑ Aleksander Klumberg. sports-reference.com
- ↑ „Cemetery Portal“. 2010-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.