Aleksandr Bedritskiy
Aleksandr Ivanovich Bedritskiy (1947-yil 10-iyul, Angren, Oʻzbekiston SSR) – Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maslahatchisi (2009–2018). 1993-yildan 2009-yilgacha Rossiya Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi federal xizmati (Rosgidromet) boshligʻi boʻlgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yilda Toshkent aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.
1980–1992-yillarda Oʻzbekiston respublika gidrometeorologiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib xizmat qilgan.
1992–1993-yillarda Rossiya Federatsiyasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
Bedritskiy 1993-yilda Rogidrometni boshqargan va 1998-yil iyun va noyabr oylarida Sergey Kiriyenko va Yevgeniy Primakovning idorasida yana Rosgidromet rahbari lavozimiga tasdiqlangan.
2003-yilda Aleksandr Bedritskiy Butunjahon meteorologiya tashkiloti prezidenti etib saylandi. 2007-yilda ikkinchi toʻrt yillik muddatga qayta saylandi. 1978-yildan buyon Butunjahon meteorologiya tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida hamda ekologiya konventsiyalari ishtirokchilari konferensiyalarida, shuningdek, ikki va koʻp tomonlama shartnomalarda faol ishtirok etib kelmoqda. U 1993-yil may oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Butunjahon meteorologiya tashkilotidagi doimiy vakili boʻlib faoliyat yuritgan.
Aleksandr Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan.
2009-yil 27-noyabrdan 2018-yil 22-iyungacha Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlgan.
2010-yil 25-yanvardan 2018-yil 18-iyulgacha Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim masalalari boʻyicha maxsus vakili boʻlib faoliyat yuritgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr uylangan va uning uchta oʻgʻli va toʻrtta nevarasi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maslahatchisi Aleksandr Ivanovich Bedritskiy Rossiya Federatsiyasi Prezidentining veb-sayti
- Bedritskiy Aleksandr Ivanovich realeconomy.ru veb-saytida
- Rogidromet rahbari nafaqaga chiqdi