Aleksandr Belenitskiy
Aleksandr Markovich Belenitskiy (24.03.1904, Toshkent — 15.06.1993, Moskva) — sovet arxeologi, sharqshunos, tarix fanlari doktori (1967).
A.M.Belenitskiy 1904-yil 24-martda Pskov viloyatining Velikiye Luki tumanida dehqon oilasida tugʻilgan. Smolensk davlat universitetining ishchi fakultetini tugatgan. 1930-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tugatgan.
1934-1937-yillarda Sankt-Peterburg davlat universitetining tarix fakulteti aspiranti edi, uning rahbarlari I.Yu. Krachkovskiy, A. Yu. Yakubovskiylar boʻlgan.
1936-yildan u Moddiy madaniyat tarixi davlat akademiyasida, soʻngra SSSR Fanlar akademiyasining moddiy madaniyat tarixi institutida ilmiy xodim edi. 1943-yildan — Ulugʻ Vatan urushi frontlarida jang qilgan.
1945-yildan — SSSR Fanlar akademiyasi Moddiy madaniyat tarixi institutida, keyin SSSR Fanlar akademiyasining Arxeologiya institutida katta ilmiy xodim.
1938-yilda u „1337-1380-yillarda Xurosondagi Sarbadorlar harakati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Arxeolog sifatida u koʻplab arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashgan.
Oʻrta Osiyo, tarixiy topografiya, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, mafkura va dinlar, tasviriy sanʼat, oʻrta asrlar shaharining ijtimoiy tuzilishi boʻyicha 80 dan ortiq ilmiy nashrlarning muallifi. A.M.Belenitskiyning bir qator asarlari Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Materialy mezhdunarodnoy nauchnoy konferentsii, posvyashchennoy 100 letiyu so dnya rozhdeniya A.M. Belenitskogo (Sankt-Peterburg, 2-5-noyabrya 2004 goda). — SPb., 2005.
- Kartina mira po Biruni. L., 1949. O poyavlenii i rasprostranenii ognestrelnogo oruzhiya v Sredney Azii i Irane v XIV-XVI vekakh. Stalinabad, 1949.
- Drevneye izobrazitel’noye iskusstvo i „Shakhname“. M., 1960.
- Drevniy Pendzhikent. Dushanbe, 1971.
- Monumentalnoye iskusstvo Pendzhikenta. Zhivopis'. Skul’ptura. M., 1973.
- Srednevekovyy gorod Sredney Azii. L., 1973.