Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Fits

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Vladimirovich Fits
Tavalludi 9-iyun 1948-yil (1948-06-09) (76 yosh)
Kasbi yozuvchi, jurnalist
Ijod qilgan tillari Nemis tili va Rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROlmoniya bayrogʻi Olmoniya
Faoliyat yillari 1970–hozirgi kungacha
Janr insholar, hikoyalar, romanlar
Ota-onasi

otasi – Vladimir Rudolfovich

onasi – Olga Gotlibovna

Aleksandr Vladimirovich Fits (nemischa: Alexander Fitz ; 1948-yil 9-iyun[1], Aqtoʻbe viloyati, Badamsha (sobiq Batamshinskiy) qishlogʻi) – jurnalist, yozuvchi, jamoat arbobi[2]. KPSS aʼzosi boʻlgan va 1989-yilda tark etgan.

Aleksandr Fits 1948-yil 9-iyunda Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatida tugʻilgan.

1966-yil – OTKMK teplovoz taʼmirlash deposida mexanik (Olmaliq)[3].

1967-yil – OTKMK elektrovoz mashinistining yordamchisi.

1967–1969-yillar – SA temir yoʻl qoʻshinlarida xizmat qilgan.

1970–1975-yillar – „Olmaliq ishchisi“ shahar gazetasida adabiy xodim, sanoat boʻlimi boshligʻi, mas’ul kotib (Olmaliq).

1975–1976-yillar – „Toshkent oqshomi“ gazetasi axborot boʻlimi mudiri.

1976–1979-yillar – „Toshkent haftaligi“ reklama-axborot haftaligining mas’ul muharriri (Toshkent).

1979–1980-yillar – „Oʻzbekiston komsomolets“ respublika gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari (Toshkent).

1980–1986-yillar – „Oʻzbekiston komsomolets“ respublika gazetasi bosh muharriri.

1986–1987-yillar – Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasi sanoat bosh tahririyati muharriri (Toshkent).

1987–1989-yillar – „Noyes Leben“ gazetasining Oʻrta Osiyo respublikalari boʻyicha muxbiri (Moskva).

1989–1990-yillar – „Noyes Leben“ gazetasi tahririyat hay’ati aʼzosi (Moskva).

1992–1995-yillar – „Ozodlik“ radiosi muxbiri (Myunxen).

1996-yil – „Ruscha yangi soʻz“ gazetasining muxbiri (Nyu-York).

1997-yil – „Rossiya Germaniyasi“ haftaligi sharhlovchisi (Berlin).

Aleksandr Vladimirovich Fits 2010-yildan beri biznes, erkin jurnalistika va yozuvchilik bilan shugʻullanadi.

Aleksandr Vladimirovich Fits 1979-yilda Toshkent Davlat universitetining (1999-yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan.

1982-yil – Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi mukofoti laureati.

1983-yil – Chexoslovakiya Jurnalistlar uyushmasi mukofoti laureati.

1989-yil – SSSR Kinematograflar uyushmasi mukofoti laureati.

2005-yil – Butunrossiya adabiy mukofoti laureati.

2007-yil – „Pushkin“ medali[4].

2007-yil – „Oltin Yesenin“ medali.

2008-yil – „Moskvaning oltin qalami“ mukofoti.

2013-yil – „Rossiya vataniga 250 yil xizmat“ medali.

2015-yil – „Nemislarning Rossiyaga koʻchirilishiga 250 yil“ medali.