Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Grishenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Grishenko
Tavalludi 29-sentyabr 1983-yil
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Yoʻnalish yozuvchi, shoir
Veb-sayti
Rasmiy sayti

Aleksandr Igorevich Grishenko (1983-yil 29-sentyabr, Toshkent) – rus filologi, yozuvchisi va shoiri[1].

Aleksandr 20042005-yillarda litseyda rus tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 2006-yil sentyabrdan assistent, 2011-yil martidan 2020-yil avgustigacha Moskva davlat pedagogika universitetining rus tili kafedrasi dotsenti, 20062008-yillarda Moskva gumanitar pedagogika instituti rus tili va metodikasi kafedrasi assistenti boʻlib faoliyat yuritgan. 20102011-yillarda Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining rus tili va stilistikasi kafedrasi dotsenti, 2015-yil apreldan – Rossiya Fanlar akademiyasining Slavyanshunoslik instituti tipologiya va qiyosiy tilshunoslik boʻlimi katta ilmiy xodimi, 2018-yildan – Slavyan tilshunosligi boʻlimida (2022-yil dekabrdan asosiy ish joyida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan. 20192020-yillarda – Rossiya davlat kutubxonasining yetakchi ilmiy xodimi (qimmatli kolleksiyalarni oʻrganish sektori), 2020-yil sentyabrdan – katta ilmiy xodim, 2022-yil sentyabrdan – Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi Klassik Sharq va antik davr instituti professori boʻlgan. 2021-yil 10-dekabrda xalqaro dissertatsiya qoʻmitasida „Oʻrta asr Sharqiy Yevropada slavyan-yahudiy tillari aloqalari: lingvistik-tekstologik jihatlar“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2021-yil 17-dekabrda Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Filologiya va tilshunoslik dissertatsiya kengashi tomonidan filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi imtiyozli diplom bilan taqdirlandi[2].

Aleksandr MPGU (2006-yildan, 2011-yildan dotsent) va PSTGU (2010-yildan)da dars beradi. 2015-yildan Rossiya Fanlar akademiyasining Slavyanshunoslik institutida katta ilmiy xodim boʻlib faoliyat olib bormoqda.

Uning ijod namunalari „Oktyabr“, „Sharq yulduzi“ jurnallarida, „Devushka s veslom“ CD-jurnalida, „Maliy Sholkoviy put“, „Vstrechi“ almanaxlarida, „Vershina aysberga“ va boshqa toʻplamlarda nashr etilgan.

Aleksandr Grishenko „Vspyat“ hikoyasi uchun „Krupnaya proza“ nominatsiyasida „Debyut“ mustaqil adabiy mukofoti (2004) laureati boʻldi. U „Pervaya kaplya“ sheʼrlar kitobi muallifi (2000).

  1. „Грищенко Александр Игоревич / Alexander I. Grishchenko“. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
  2. „Александр Грищенко Список публикаций“. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.