Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Grushevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Vasilyevich Grushevskiy
Tugʻilgan sanasi: 18-avgust 1932-yil
Tugʻilgan joyi: Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafot sanasi: 17-avgust 2020-yil (87 yosh)
Vafot joyi: Тoshkent, Oʻzbekiston
Yashash joyi: Sovet Ittifoqi SSSR
Unvoni: SSSR sport ustasi (1959-yil)

Aleksandr Vasilyevich Grushevskiy (1932-yil 18-avgustda tugʻilgan – 2020-yil 17-avgustda vafot etgan[1]) – sovet shaxmatchisi, SSSR sport ustasi (1959-yil), murabbiyi. Oʻrmon melioratsiyasi muhandisi.

Shaxmatchi Aleksandr Grushevskiy Toshkentning „Mehnat“ jamoasida oʻynagan. Sakkiz karra Oʻzbekiston SSR chempioni (1956-, 1958-, 1960-, 1962-yillarda – 1-oʻrin; 1953-, 1961-yillarda – 1-2-oʻrin; 1954-yilda – 1-3-oʻrin; 1955-yilda – 2-oʻrin, musobaqadan tashqari L.Shamkovich bilan oʻynagan).

SSSRning XXIX chempionati yarim finalida 7-oʻrinni egallagan. 1959-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo mamlakatlari I xalqaro turnirida gʻolib deb topilgan.

Qolaversa, Aleksandr Grushevskiy Xodjayev xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan turnirda (1978/1979-yillar) – 3-4-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

B.Baranov, M.Muxitdinovlar bilan birga 1958-yilda Xitoyda boʻlgan.

Aleksandr Grushevskiy oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster, FIDE jahon chempioni (2004-yilda) Rustam Qosimjonovga murabbiylik qilgan.