Aleksandr Karpinskiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karpinskiy Aleksandr Petrovich 1847-yili, 7-yanvar Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati Krasnoturinsk shahrida tugʻilgan rus geolog olimi, jamoat arbobi. Rossiya geologlar ilmiy maktabining asoschilaridan. Peterburg Fanlar akademiyasi akademiyasi (1889), Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti (1917-36), Ukraina Fanlar akademiyasi akademiyasi (1925-yildan). Peterburg konchilik I institutini tugatgan (1866). Oʻsha institutda professor boʻlgan (1877— 1896). Geologiya komiteti direktori (1885—1903). Ilmiy ishlari geologning tektonika, paleontologiya va paleogeografiya, stratigrafiya va boshqalarga oid. Birinchi marta Sharqiy Yevropa platformasi tektonik tuzilishining asosiy belgilarini aniqlagan, tektonik va paleogeografik haritasini tuzgan, togʻ jinslarini oʻrganishda mikroskop usulini birinchilardan boʻlib qoʻllagan. Uraloldi bukilmasida perm sistemasiga mansub arti yarusini ajratgan (1874). Karpinskiy geologik haritalar uchun shartli belgilar ishlab chiqqan va bu shartli belgilar Xalkaro geologiya kongressida (1881) qabul qilingan. Rossiya Fanlar akademiyasi geologiya fanlari sohasida ulkan ilmiy kashfiyotlar uchun 1946-yilda Karpinskiy nomida mukofot va oltin medal taʼsis etgan. Sverdlovsk viloyatidagi shahar, Uraldagi togʻ, mineral, Kuril orollaridagi vulkan, institut, Sankt-Peterburgdagi Geologiya muzeyi va boshqa Karpinskiy nomi bilan atalgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]