Aleksandr Kolenkovskiy
Aleksandr Kolenkovskiy | |
---|---|
Tavalludi |
23-avgust 1880-yil Rossiya imperiyasi |
Vafoti | 23-may 1942-yil |
Fuqaroligi | Rossiya SSSR |
Qoʻshin turlari | pexota |
Xizmatdagi yillari | 1897–1942 |
Aleksandr Konstantinovich Kolenkovskiy (1880-yil 4-sentabr – 1942-yil 23-may) – rus va sovet harbiy rahnamosi, sovet harbiy tarixchisi, general-leytenant (1940), professor (1938), harbiy fanlar doktori (1941)[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Konstantinovich 1880-yil 4-sentabrda Xersonskaya viloyatining Nikolayev shahrida ofitser oilasida tavallud topgan. Uyda taʼlim olgan.
Kolenkovskiy 1897-yil 30-sentyabrda Odessa piyoda askarlari maktabiga oʻqishga kirgan, 1900-yilda uni tugatgan. Vilenskiy 52-piyoda polkida leytenant unvonini olgan, keyin 218-Borisoglebskiy piyodalar polkida xizmat qilgan. Aleksandr rus-yapon urushi qatnashchisi boʻlib, rotaga qoʻmondonlik qilgan va polk adʻyutanti boʻlgan. 1912-yilda Nikolayev harbiy akademiyasini tamomlagan va 1913-yildan 14-piyoda polkida rota komandiri lavozimida xizmat qilgan[2].
Aleksandr 1918-yil aprel oyida ixtiyoriy ravishda Qizil armiya safiga qoʻshilgan va Nevelsk okrugi harbiy qoʻmondoni shtab boshligʻi etib tayinlangan. Kolenkovskiy 5-Vitebskaya miltiq diviziyasi boshligʻi, 1918-yil 28-sentyabrdan 1919-yil 3-aprelgacha Sharqiy front shtab boshligʻi va 1919-yil 29-apreldan Volga harbiy okrugining harbiy boshligʻi boʻlib xizmat qilgan. 1921-yil 3-martdan Bosh qoʻmondon, 1921-yil 9-martdan 1924-yilgacha Qizil Armiya shtab-kvartirasining Operatsion boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Kolenkovskiy 1924-yildan Frunze nomidagi Harbiy akademiyada dars bergan va harbiy tarix kafedrasi mudiri boʻlgan. Bundan tashqari, harbiy tarix va operativ sanʼat boʻyicha ilmiy ishlar muallifidir. 1940-yildan KPSSga aʼzo boʻlgan.[3]
Aleksandr Konstantinovich Ulugʻ Vatan urushini oʻrganib chiqqan va 1942-yilda „Rostovskaya operatsiya Krasnoy Armii“ maqolasini yozgan. Maqolada hujumkor jangovar operatsiyalarni tashkil etish boʻyicha muhim xulosalar qilgan.
Aleksandr Konstantinovich Kolenkovskiy 1942-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1939-yil 2-mayda Qizil yulduz ordeni va 1938-yil 22-fevralda „Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasining XX yilligi yubiley“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Коленковский“. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
- ↑ „КОЛЕНКОВСКИЙ АЛЕКСАНДР КОНСТАНТИНОВИЧ (1880-1942)“. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
- ↑ „Генеральный алфавитный каталог книг на русском языке (1725 - 1998)“. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.