Aleksandr Nesmeyanov
Qiyofa
Aleksandr Nikolayevich Nesmeyanov [1899.28.8(9.9) — Moskva — 1980.17.1] — rus organik kimyogari, SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1943), prezidenti (1951—61). Asosiy tadqiqotlari metallorganik birikmalar kimyosiga bagʻishlangan. 1929-yilda simoborganik birikmalarni diazousul yordamida sintezlashni taklif etdi. Bu usul keyinchalik Sn, Pb, Ti, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarga ham qoʻllandi (Nesmeyanov reaksiyasi). Mg, Zn, Cf, Al, Te, Sn, Pb, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarni simoborganik birikmalardan sintezlab olishning oson va qulay usulini ishlab chikdi. Xloron, bromon va ta-riarilokson birikmalarini birinchi boʻlib sintez qildi; metallotro-piya hodisasini kashf etdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Izbr. trudi v 4-x t., 1—4, M, 1959; Ximiya ferrotsena, 1969; Issledovaniya v oblasti organicheskoy ximii, M., 1971.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |