Aleksandr Popov (harbiy shifokor)
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
18-oktyabr 1924-yil Toshkent, SSSR |
Vafoti |
21-avgust 1991-yil Leningrad, SSSR |
Ilmiy unvoni | professor, fan doktori |
Xizmat yillari | 1948–1985 |
Aleksandr Vasilyevich Popov (1924-yil, Toshkent, SSSR – 1991-yil, Leningrad, SSSR) – sovet tibbiyot olimi va oʻqituvchisi, toksikolog, sogʻliqni saqlash va tibbiyot fanlari tashkilotchisi, tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1978), tibbiyot xizmati polkovnigi (1970). SSSR Davlat mukofoti laureati (1969).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Vasilyevich 1924-yil 18-oktyabrda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahrida tavallud topgan.
Popov 1948–1953-yillarda S. M. Kirov nomidagi harbiy tibbiyot akademiyasida tahsil olgan. 1953–1954-yillarda Sovet Armiyasi qismlarida harbiy qism tibbiyot punktida mudir lavozimida xizmat qilgan. 1954-yildan 1957-yilgacha S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining normal fiziologiya kafedrasida aspiranturani tamomlagan[1].
Aleksandr Popov 1969–1985-yillar oraligʻida S. M. Kirov nomidagi harbiy tibbiyot akademiyasida oʻqituvchi, ommaviy qirgʻin qurollari va ulardan himoya qilish kafedrasi katta oʻqituvchisi, harbiy toksikologiya va tibbiy himoya kafedrasi professori va mudir oʻrinbosari lavozimlarida ilmiy-pedagogik faoliyatini olib borgan. 1985-yildan 1991-yilgacha Leningrad sanitariya-gigiyena tibbiyot instituti fuqarolik mudofaasida kafedra mudiri boʻlib ishlagan[2][3].
Ilmiy-pedagogik faoliyati va fanga qoʻshgan hissasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Popov 1957-yilda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Oʻtkir nurlanish kasalligida miya yarim korteksi normal va funksional zaiflashgan itlarda ingichka ichakning sekretor va motor funksiyalari“ dissertatsiyasini himoya qildi. 1968-yilda „Yuqori va oʻta yuqori dozalarda oʻtkir nurlanish shikastlanishining patofiziologik xususiyatlari“ mavzusida dissertatsiyasini himoya qildi va tibbiyot fanlari doktori boʻldi. 1968-yilda Popovga professor ilmiy unvoni berildi. 1969-yilda SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Aleksandr bir yuz ellikdan ortiq ilmiy ishlar, jumladan monografiyalar muallifi boʻlib, toʻqqiz nafar fan doktori va nomzodlarini tayyorlagan[2][3].
Popov 1989-yil 21-avgustda Leningradda vafot etdi va Volkovo qabristoniga dafn qilindi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr 1969-yil SSSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Попов, Александр“. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Professora Voenno-meditsinskoy (mediko-xirurgicheskoy) akademii (1798—1998) / Redkol.: Yu. L. Shevchenko (gl. red.) i dr. – Sankt-Peterburg : Nauka : S.-Peterb. izd. firma, 1998 g. – 313 s. – ISBN 5-02-026061-4
- ↑ 3,0 3,1 Pamyatnie dati voennoy meditsini: spravochnik-ukazatel / Voenno-meditsinskiy muzey M-va oboroni SSSR. – Sankt-Peterburg : Voenno-meditsinskaya akad. im. S. M. Kirova, 1991 g. – S.77