Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Shevchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Shevchenko
Tavalludi 1883-yil 26-may
Xarkov, Rossiya imperiyasi
Vafoti

1948-yil 28-avgust (65-yosh)
Moskva,

SSSR
Fuqaroligi sovet
Taʼlimi Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura instituti (1909-yil)
Kasbi rassom

Aleksandr Vasilyevich Shevchenko (1883-yil 26-may, Xarkov, Rossiya imperiyasi – 1948-yil 28-avgust[1], Moskva, SSSR[2]) – sovet rassomi va grafik dizayneri, sanʼat nazariyotchisi, avangard rassomi.

1883-yil 26-may Xarkovda tugʻilgan[3][4].

1898—1907-yillarda Stroganov nomidagi rassomchilik va sanʼat maktabiga oʻqishga kirgan. 1905-yilda u maktabda oʻqishni toʻxtatib, Parijga joʻnab ketgan va u yerda 1906-yilgacha Ejen Keryer qoʻlida ishlagan va Keryer vafotidan soʻng Etyen Dinet va Jan-Pol Loranlar bilan Julian akademiyasida ishlagan. Parijdan Rossiyaga qaytishdan oldin Angliya, Ispaniya, Misr va Turkiya boʻylab sayohat qilgan.

Moskvaga qaytib, Shevchenko Stroganov nomidagi rassomchilik va sanʼat maktabidagi oʻqishni tugatgan (1907-yil).

1908—1909 yillarda u Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida oʻqigan, uning oʻqituvchilari A. E. Arkipov va K. A. Korovin boʻlishgan.

1910-yillarda boʻlib oʻtgan Mir iskusstva, Soyuz molodyoji, Osliniy Xvost nomli koʻrgazmalarda Aleksandr Vasilyevich Shevchenkoning asarlari ham qoʻyilgan[5].

1914-yilda u armiya safiga chaqiruv xati olgan. 1916-yilda Birinchi jahon urushida qatnashgan va yaralangan. 1917-yilda demobilizatsiya qilingan.

U Xalq Maorif Komissarligi sanʼat kollegiyasining adabiy-badiiy boʻlimini boshqargan (1918—1921-yillar) va Moskva rassomlari jamiyati aʼzosi boʻlgan.

1920-yillarning oxiri – 30-yillarning boshlarida Qozogʻiston, Ozarbayjon, Gruziyada boʻlib, sharq mavzularida bir qancha asarlar yaratgan[6].

Aleksandr Vasilyevich Shevchenkoning asarlari hozirgi kunda Moskva Davlat galereyasida, Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyida[7] (Oʻzbekiston), va boshqa shaxsiy galareyalarda saqlanadi[8].

1941-yildan Moskva toʻqimachilik institutida rassomchilik boʻlimini boshqargan.

U 1948-yilda vafot etgan va Vagankovskoye qabristoniga dafn qilingan.

  1. „Aleksandr Vasilevich Shevchenko“.[sayt ishlamaydi]
  2. „Union List of Artist Names“.
  3. "Bolshaya sovetskaya ensiklopediya"
  4. „«Прошлый Век». Галерея искусства XX века. Живопись, фотография, графика, интерьеры, биографии художников XX века.“. — „pv-gallery.com.“. Qaraldi: 2021-yil 24-oktyabr.
  5. A. V. Shevchenko. Sbornik materialov. – M.: Sov. xudojnik, 1980. – 280 s. – 20 000 ekz.;
  6. Stareyshie sovetskie xudojniki o Sredney Azii i Kavkaze. – M.: Sov. xudojnik, 1973.
  7. „Государственный музей искусств имени И. В. Савицкого“.
  8. Katalog vistavki proizvedeniy A. V. Shevchenko. – M., 1924;