Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Staxiv

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aleksandr Vladimirovich Staxiv (ukraincha: Олександр Володимирович Стахів; 1981-yil 13-yanvar, Gorlovka, Donetsk viloyati, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik futbolchi.

Ukrainaning „Vinnitsa“, „Tavriya“, „Podolye“ va „Polesye“ futbol klublarida oʻynagan.

2003-yilda Qozogʻistonga kelgan. 2005-yilda „Aktobe“ tarkibida Qozogʻiston chempioni boʻldi. „Oqjetpes“ (Koʻkshetov), „Atirau“ va „Esil-Bogatyr“ klublarida toʻp surgan. Shu vaqt ichida Qozogʻiston fuqaroligini olgan. 2008-yilning qishida Moldovaning „Iskra-Stal“ jamoasiga, keyin esa Oʻzbekistonning „Mashʼal“ klubiga oʻtdi. 2011-yilda Qozogʻistonga qaytdi.