Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Troshkov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Troshkov
Tavalludi 1904-yil
Vafoti 1946-yil 13-aprel
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi askar
Unvoni
Mukofotlari

Aleksandr Danilovich Troshkov (1904-yil, Beruniy shahri1946-yil 13-aprel) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yildan frontda. 2-Ukraina fronta 46-armiyaning 99-oʻqchi diviziyasida pulemyot navodchigi boʻlgan. Erchi shahri yaqinida birinchi boʻlib Dunay daryosidan oʻtgan. Pulemyotdan oʻt ochib dushmanning uchta oʻt ochish nuqtasini oʻchirgan va rotani daryodan oʻtishini taʼminlagan. 1945-yil 24-martda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Beruniy shahridagi koʻchalardan biri va oʻrta maktab uning nomiga qoʻyilgan.

Aleksandr Troshkov 1904-yilda Beruniy qishlogʻida (hozirgi Qoraqalpogʻiston tarkibidagi shahar) tugʻilgan[1][2]. Besh yillik maktabni tugatgach, kolxozda ishlagan. 1943-yilda Troshkov Ishchilar va Dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqiriladi. Oʻsha yilning oktyabr oyidan boshlab Ulugʻ Vatan urushi frontlarida qatnasha boshlagan[2].

1944-yil dekabrgacha Qizil Armiya askari Aleksandr Troshkov 2-Ukraina fronti 46-armiyasining 99-oʻqchi diviziyasining 1-oʻqchi polkining pulemyot rotasida pulemyotchi boʻlgan. Aleksandr Troshkov Vengriyani ozod qilishda ishtirok etgan. 1944-yil 5-dekabrda Troshkov Erchi shahridan 3 kilometr shimolda joylashgan Mariaxaz qishlogʻi yaqinida birinchilardan boʻlib Dunayni kechib oʻtdi[3] va dushmanning uchta oʻq otish nuqtasini shaxsan yoʻq qiladi, oʻzi yarador boʻlsa-da, lekin jangni davom ettirgan[1][2].

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan „Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ Qizil Armiya askari Aleksandr Troshkov Lenin ordeni, „Oltin yulduz“ medali va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1]. 1945-yil 24-martdagi farmon bilan Dunayni kechib oʻtishdagi jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan 1-oʻqchi polkining yana 14 askari: katta leytenant Ivan Semenovich Zabobonov, katta leytenant Pavel Alekseyevich Milov, katta leytenant Chubarov Aleksey Kuzmich, leytenant Xrapov Nikolay Konstantinovich, leytenant Kolichev Oleg Fedoseyevich, kichik leytenant Kutuev Rauf Ibragimovich, katta serjant Kutuyev Rauf Ibragimovich, katta serjant Sharpilo Petr Demyanovich, serjant Tkachenko Ivan Vasilyevich, serjant Polyakov Nikolay Fedotovich, oddiy Zigunenko Ilya Yefimovich, oddiy askar Ostapenko Ivan Grigoryevich, oddiy askar Melejik Vasiliy Afanasyevich, oddiy askar Zubovich Konstantin Mixaylovichlar taqdirlangan. Aleksandr Troshkov mukofotni shaxsan oʻzi qabul qila ololmagan. Gʻalaba kunini gospitalda qarshi olgan[1].

Aleksandr Troshkov 1946-yil 13-aprelda toʻsatdan vafot etgan[2]. Dafn etilgan joyi nomaʼlum.