Aleksandr Yelagin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Yelagin
Tavalludi 2-avgust 1953-yil (1953-08-02) (70 yosh)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi sport jurnalisti va sharhlovchisi, aktyor.

Aleksandr Masalov Yelagin (1953-yil 2-avgust) — sport sharhlovchisi, jurnalist va aktyor. 1990-yillarda 2x2 kanalida muharrir va sport teleboshloʻvchi sifatida oʻzining faoliyatini boshlaydi[1]. Radioda u sport prodyuseri Evgeniy Lyubimovni uchratadi va Elaginga oʻsha paytda yaratilayotgan REN-TV kanaliga oʻtishni taklif qiladi. 1996—2003-yillar davomida REN-TV telekompaniyasida sport muharriri sifatida faoliyat yuritadi[2][3]. Yelagin „Futbolniy kurer“ dasturining asoschilaridan biri hisoblanadi[4]. Angliya Premyer-ligasi oʻyinlarini sharhlab futbol muxlislari orasida mashhurlikga erishgan[5].

1999-yilda eng yaxshi futbol sharhlovchisi sifatida „Zolotoy mikrofon“ mukofotini qoʻlga kiritadi[6].

2002-yildan 2009-yilgacha 7TV telekanalida futbol sharhlovchisi sifatida ishlab kelgan[7]. Angliya Premyer-ligasi doirasidagi eng asosiy uchrashuvlarni, shuningdek Yevropada boʻlib oʻtgan markaziy uchrashuvlarni maromiga yetkazib sharhlab ulgurgan[8]. Dastlab u ushbu kanalda vaqtinchalik ravishda ishlagan va 2004 yildan boshlab, REN-TVda sport tahririyati yopilgandan soʻng, Yelgain asosiy hodimlaridan biriga aylangan[9]. 7TV dan tashqari 2004—2005-yillarda Birinchi kanal stadiondagi zahira sharhlovchi sifatida ishlagan. Oʻyin vaqti yoki oʻyingacha boʻlgan davrda aloqa yoʻqolgan taqdirda Yelagin oʻyinni stadiondan turib sharhlashga tayyor turar edi[10].

2009-yil sentyabr oyida 7TV telekanali sport translyatsiyasini toʻxtatgandan soʻng, u NTV-Plyusga oʻtdi[11]. 2009-yildan 2015-yilgacha — ushbu telekompaniyaning sport kanallarida futbol koʻrsatuvlari sharhlovchisi sifatida faoliyat olib bordi. 2015-yil noyabr oyidan — Match TV kanalida futbol koʻrsatuvlari sharhlovchisiga aylanadi.

2019-yil iyun oyidan boshlab „Okko. Sport“ internet—portalida oʻz ish faoliyatini boshlaydi[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Я жил под голос Николая Озерова». Александр Елагин о террариуме единомышленников, комментарии в стиле «old school» и опыте австралийской лиги“ (deadlink). НТВ-Плюс. 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  2. „Ren TV – это не только «Сатурн» - Газета - Советский спорт“ №110 (15791). «Советский спорт» (2002-yil 27-iyun). — Газета. 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
  3. „Александр Елагин“ (deadlink). СпортЭфир. 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  4. „Перейдет ли количество в качество?“. Красная звезда (2001-yil 27-fevral). 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
  5. „Лига суровых мужчин. Россия 90-х влюбилась в английский футбол. Теперь страна увидит его на новом уровне“. Lenta.ru (2019-yil 11-aprel). 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  6. „Ren TV - футбольный канал?“ (deadlink). Телеобъектив (2000). 2001-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-may.
  7. „Вопрос-ответ“ (deadlink). Телеспорт (2003-yil 13-mart). 2003-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-noyabr.
  8. „Грустно...“. Sports.ru (2009-yil 4-sentyabr). 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  9. „7ТВ покажет матч "Спартак" - "Мальорка"“ (deadlink). Телеспорт (2004-yil 26-fevral). 2004-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  10. „Трагедия британика. За что мы любим Елагина. Данил Тармасинов (Eurosport.ru) – о самом недооцененном русском комментаторе“ (deadlink). Бизнес Онлайн (2017-yil 30-may). 2018-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  11. „Комментаторская будка. Александр Елагин: «Футбольный комментарий должен звучать как саундтрек»“. FootballTop (2013-yil 11-iyul). 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  12. „Александр Елагин присоединился к спортивной видеоредакции Okko Спорт“. Lenta.ru (2019-yil 7-iyun). 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.