Kontent qismiga oʻtish

Aleksandra Feygin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandra Feygin
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Aleksandra Feygin
Davlat Bolgariya bayrogʻi Bolgariya
Boʻyi 169
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 177,37
Qisqa dastur 60,90
Erkin dastur 116,62

Aleksandra Feygin (2002-yil 22-dekabr, Quddus) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashadigan bolgariyalik figurali uchuvchi. Bolgariyaning toʻrt karra chempioni (2017, 2019 — 2021) va Jahon chempionati ishtirokchisi (2019).

Aleksandra Feygin 2002-yil 22-dekabrda Isroilning Quddus shahrida tugʻilgan. U 2009-yilda figurali uchishni boshlagan[1]. Sofiyada „Ice Dance Denkova-Staviski SC“ klubida Andrey Lutai va uning rafiqasi Ina[2] murabbiyligida shugʻullanadi. 2010-yildan boshlab Aleksandra Bolgariyani xalqaro musobaqalarda himoya qila boshladi. 2013-yil noyabridan 2016-yil fevraligacha Feygin bolalar (kichik) (ingliz tili . Novice) darajasidagi turnirlarda qatnashdi[3]. U Skate Helena xalqaro turnirining ikki karra gʻolibi boʻladi, shuningdek, Denkova-Staviski Cupva Sportland Trophy turnirlarida gʻolib chiqadi.

Aleksandra 2016-yil sentyabr oyi boshida oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan. Ostravada boʻlib oʻtgan bosqichda, qisqa dasturdagi namoyishi davomida bir nechta xatolarga yoʻl qoʻyib, yigirma ikkinchi oʻrinni egalladi, ammo erkin dasturda (oʻn birinchi oʻrin) ancha yaxshi natija koʻrsatib, 113,65 ball bilan yakuniy oʻn beshinchi oʻrinni egalladi[4]. Bir oy oʻtgach, Sloveniyada oʻtkazilgan Oʻs, irlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasi bosqichidatoʻqqizinchi oʻrinni egalladi[5].

Oktyabr oyida Aleksandra qisqa va erkin dasturlarda gʻolib chiqib, 154,58 ball toʻplagan holda Denkova-Staviski Cup gʻolibi boʻldi[6]. Dekabr oyida, Bolgariyada oʻtkazilgan Sofia Trophy turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi[7].

Aleksandra 2017-yil mart oyida Taypeyda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Qisqa dasturda yigirma beshinchi oʻrinni egallagan Aleksandra erkin dasturda konkida uchish huquqiga ega boʻlmadi[8].

Musobaqalar[9] 16/17 17/18 18/19 19/20 20/21
Xalqaro
Jahon chempionati 17 17
Yevropa chempionati 11 17
Challenger. Budapest Trophy 3
Challenger. Nebelhorn Trophy 4
Tallink Hotels Cup 4
Denis Ten Memorial 3
EduSport Trophy 2
Denkova-Staviski Cup 1 1
Skate Victoria 2
Crystal Skate 1
Sofiya Trophy 1 1 2
Xalqaro (oʻsmirlar)
Jahon chempionati 25 15 22
Gran-pri. AQSH 11
Gran-pri. Slovakiya 11
Gran-pri. Kanada 8
Gran-pri. Belarus 13
Gran-pri. Italiya 15
Gran-pri. Chexiya 15
Gran-pri. Sloveniya 9
NRW Trophy 9 1
Balkan Games 1
Open Ice Mall Cup 1
Denkova-Staviski Cup 1 1
Coppa Europa 1 1
Sofiya Trophy 2 1
Skate Helena 1
Volvo Open Cup 4
Milliy
Bolgariya chempionati 1 1 1 1
Musobaqalar[10] 13/14 14/15 15/16
Xalqaro (Yangi konkida uchuvchilar oʻrtasida)
Hellmut Seibt Memorial 1
Sofiya Trophy 1
Tallin Trophy 1
Santa Claus Cup 2
Lombardia Trophy 2
Skate Celje 2
Leu Scheu Memorial 4
Sportland Trophy 1
Skate Helena 1 1
Denkova-Staviski Cup 1 2 2
Milliy (Oʻsmirlar)
Bolgariya chempionati 1 1 1
  1. „Alexandra FEIGIN: 2018/2019“. International Skating Union. 2018-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Biography“. www.isuresults.com. 18-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  3. „Alexandra FEIGIN“. rinkresults.com. 1-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2019-yil.
  4. „ISU JGP Czech Skate 2016 - Junior Ladies“. www.isuresults.com. 19-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  5. „ISU JGP Ljubljana 2016 - Junior Ladies“. www.isuresults.com. 14-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  6. „Denkova-Staviski Cup 2016 ISU - Junior Ladies“. clubdenkovastaviski.com. 6-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  7. „Sofia Trophy 2017 - JUNIOR LADIES“. www.europeancriterium.eu. 12-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  8. „ISU World Junior Figure Skating Championships 2017 - Junior Ladies“. www.isuresults.com. 14-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  9. „Competition Results“ (inglizcha). isuresults.com. 1-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2021-yil.
  10. „Competition Results“ (inglizcha). rinkresults.com. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2021-yil.