Aleksandra Maxrovskaya
Aleksandra Maxrovskaya Viktorovna | |
---|---|
Tavalludi |
21-dekabr, 1917-yil |
Vafoti |
18-avgust, 1997-yil Sankt Peterburg, Rossiya Federatsiyasi |
Fuqaroligi | SSSR→ Rossiya |
Aleksandra Maxrovskaya Viktorovna (1917-yil 21-dekabr, Sankt Peterburg, SSSR - 1917-yil 18-avgust, Sankt Peterburg, Rossiya Federatsiyasi) — sovet va rus arxitektori, tarixiy binolarni rekonstruksiya qilish sohasi mutaxassisi, Rossiya arxitektura va qurilish akademiyasi aʼzosi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandra Maxrovskaya Viktorovna 1917-yil SSSR tarkibidagi Sankt Peterburg shahrida tugʻiladi. Uning otasi Viktor Gennadiyevich Maxrovskiy boʻlib, texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. Aleksandra Maxrovskaya 1936-yil oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tamomlaydi. Shundan soʻng, u Leningrad davlat rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura universitetining arxitektura fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. 1937-yilda bir vaqtning oʻzida Moskva davlat chet tillari instituti nemis tili fakultetida sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi. 1939-yil Ikkinchi jahon urushi boshlanishi sababli Leningrad davlat rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura universiteti faoliyatini toʻxtatadi[2]. Aleksandra Maxrovskaya va uning oilasi 1943-yil Samarqandga evakuatsiya qilinadi. Samarqandda Leningrad davlat rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura universitetining filiali bor edi. Oʻsha taʼlim muassasasida tahsilini davom ettirdi. Aleksandra Maxrovskaya Samarqandda sovet meʼmori va haykaltaroshi Viktor Kochedamov bilan turmush quradi. Aleksandra turmush oʻrtogʻi Viktor Kochedamov bilan Samarqanddagi suv omborlari va tarixiy obidalarining arxitekturasini oʻrganish boʻyicha dissertatsiyasini himoya qiladi[3]. Aleksandra 1945-yil Leningradga qaytadi. U yerda oʻzining mutaxassisligi boʻyicha diplomni qoʻlga kiritadi. Maxrovskaya 1947-yil Petrovsk shahridagi markaziy qismni qayta tiklash loyihasida ishtirok etadi. Ushbu loyihada faol ishtirok etib, Petrovsk shahrining tarixiy qismini yaratishda oʻzining ishlarini taqdim etganligi uchun kumush medal bilan taqdirlanadi. Maxrovskaya 1955-yil SSSR qurilish va arxitektura akademiyasini muvaffaqiyatli yakunlab, doktorlik ilmiy darajasiga erishadi.
Aleksandra Maxrovskaya 1997-yil 18-avgust kuni Sankt Peterburg shahrida vafot etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Aleksandra Maxrovskaya biografiya“. Russianlaw.net. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
- ↑ „ЛенНИИПградостроительства“. Энциклопедия Санкт-Петербурга. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
- ↑ „Махровская Александра Викторовна“. 2023-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.