Aleksandra Stepanova
Aleksandra Stepanova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Rossiya |
Sherigi | Ivan Bukin' |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 86.45 |
Erkin dastur | 127.64 |
Aleksandra Nikolayevna Stepanova (ruscha: Александра Николаевна Степанова; 1995-yil 19-avgustda tugʻilgan) — muz ustida konkida uchish boʻyicha muosbaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish bo‘yicha sherigi Ivan Bukin bilan birga to‘rt karra Yevropa chempionatining medal sovrindori (2019-yilda kumush, 2015-yil, 2018-yil va 2020 -yilgi bronza), 2018-yilgi Xelsinki Gran-pri musobaqasining chempioni, 2018 Rostelecom Cup turniri chempioni va ikki karra Rossiya chempionidir[1].
Faoliyatining boshida Stepanova / Bukin 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, 2012 — 2013 yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining finalida va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya Chempionatida gʻolib chiqqan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandra Stepanova 1995-yil 19-avgustda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tugʻilgan[2]. Uning onasi voleybolchi, otasi esa konkida uchuvchi boʻlgan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stepanova konkida uchishni 1999-yilda oʻrgana boshladi. Sankt-Peterburgda raqs maktabi yoʻqligi sababli u Moskvaga koʻchib oʻtgan. Stepanova 2006-yilda murabbiylar Irina Juk va Aleksandr Svinin tomonidan Bukin bilan juftlashtirilgan[4].
2010 — 2011-yildan 2011 — 2012-yilgacha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stepanova / Bukin juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan. Ular ikkala musobaqada ham gʻalaba qozonishgan va 2010-yilgi finalga yoʻllanma olganlar. Finalda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Stepanova / Bukin juftligi Ruminiya va Italiyada boʻlib oʻtgan 2011 — 2012-osmirlar oʻrtasidagi musobaqalarining ikkalasida ham gʻolib chiqdilar. Ularning gʻalabasi finalga yoʻlllanmani berdi. Ular 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdilar. Keyin Stepanova / Bukin juftligi 2012-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritgan.
2012 — 2013-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasida Jahon Chempionligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stepanova / Bukin Turkiya va Germaniyadagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida oltin medalni qoʻlga kiritib, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Ular finalda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Stepanova / Bukin juftligi Bukinning shamollashi tufayli 2013-yilgi Rossiya Oʻsmirlar Chempionatini tark etgan.
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri; Bukin bilan
Xalqaro | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 09 — 10 | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 | 18 — 19 | 19 — 20 | 20 — 21 | 21 — 22 |
Olimpiya | 6 | ||||||||||||
Jahon chemp. | 9 | 11 | 10 | 7 | 4 | C | 5 | ||||||
Yevropa chemp. | 3 | 5 | 5 | 3 | 2 | 3 | 2 | ||||||
GP Final | 4 | 4 | |||||||||||
GP Cup of China | 3 | C | |||||||||||
GP NHK Trophy | 4 | 2 | |||||||||||
GP Rostelecom | 5 | 3 | 1 | WD | |||||||||
GP Skate America | 3 | 2 | |||||||||||
GP Skate Canada | 8 | 5 | |||||||||||
Universiada | 5 | ||||||||||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||||||||
Jahon chemp. | 2 | 1 | WD | ||||||||||
Pavel Roman | 1 | ||||||||||||
NRW Trophy | 2 | ||||||||||||
Milliy | |||||||||||||
Rossiya chemp. | 6 | 3 | 3 | 2 | 2 | 2 | 2 | 1 | 1 | ||||
WD = musobaqani tark etgan |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2018/2019“. International Skating Union. 2019-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2020/2021“. International Skating Union. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2019/2020“. International Skating Union. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2021/2022“. International Skating Union. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan.