Kontent qismiga oʻtish

Aleksandra Zaretskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aleksandra Zaretskiydan yoʻnaltirildi)
Alexandra Zaretsky
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Isroil bayrogʻi Isroil
Tavalludi 23-dekabr 1987-yil (1987-12-23) (36 yosh)
Minsk
Sherigi Roman Zaretskiy
Jamoasi Kochavim on the Ice
Uchishni boshlagan 1994
Yakunlagan 2010
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 181.26
Standart raqs 37.59
Original raqs 58.10
Erkin raqs 91.34

Aleksandra „Sasha“ Zaretskaya (ivritcha: אלכסנדרה זרצקי , ruscha: Александра Зарецкая, belaruscha: Аляксандра Зарэцкая) (1987-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan isroillik sobiq muz raqqosasi. Sportdagi sherigi va ukasi Roman Zaretskiy bilan birga 2009 Skate America turnirining bronza medali sovrindori, 2009 Golden Spin of Zagreb musobaqasining chempioni, uch karra Nebelhorn Trophy sovrindori va uch karra Isroilning milliy chempioni boʻlgan. Juftlik Jahon chempionatida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egallagan va 2010-yilda boʻlib oʻtgan huddi shu chempionatda oʻninchi oʻrinni egallab, Qishki Olimpiya oʻyinlarida ikki marta ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandra Zaretskaya 1987-yil 23-dekabrda Minsk shahrida (Belorussiya SSR, Sovet Ittifoqi) tugʻilgan. Zaretskiylar oilasi yahudiy boʻlib, 1990-yilda Isroilning Metula shahrida qoʻnim topgan. Aleksandra konkida uchishni tanlashdan oldin yoshligida badiiy gimnastika bilan shugʻullangan. U ibroniy, rus va ingliz tillarini yaxshi biladi.

Dastlabki yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandra Zaretskaya Metulada 6 yoshida konkida uchishni boshlagan. U dastlab yakka holda konkida uchuvchi sifatida musobaqalarda qatnashib, yosh toifasiga asoslangan medallarni qoʻlga kiritgan. Ukasi bilan juftlik hosil qilganida yetti yosh, ukasi esa 11 yosh boʻlgan. Juftlikka 2001-yilgacha onasi murabbiylik qilgan, so‘ng ular AQShga mashg‘ulot oʻtash uchun ko‘chib o‘tishgan[1].

Opa-uka 2001-yil oktyabr oyida Gollandiyaning Gaaga shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasida 11-oʻrinni egallab, debyut qilishgan. 2002-yilda Norvegiyaning Hamar shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 19-oʻrinni egalladi.

2002 — 2003-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaretskiylar 2002-yil sentyabr oyida Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan birinchi isroillik figurali uchuvchilar boʻlga[2]n. Germaniyaning Xemnits shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasida yana bir bronza medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik finalda qatnashish uchun tanlanib olingan. 2003-yil yanvar oyida opa-uka Oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa olimpiadasi festivalida medal sohibi boʻlgan. Juftlik 2003-yilda Chexiyaning Ostrava shahrida oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Ularga Delaver shtatining Uilmington shahrida Irina Romanova va Igor Yaroshenko murabbiylik qilishgan[3].

Zaretskiylar 2009-yilgi Jahon chempionatida
Mavsum Original raqs Erkin raqs
2001 — 2002

  • Granada
  • Torero Quiero
2002 — 2003

2003 — 2004

  • The House

GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri; Roman Zaretskiy bilan

Xalqaro
Musobaqa 99–00 00–01 01 — 02 02 — 03 03 — 04 04 — 05 05 — 06 06 — 07 07 — 08 08 — 09 09 — 10
Olimpiada 22 10
Jahon chempionati 20 14 9 13 6
Yevropa chempionati 15 11 8 11 7
GP Cup of China 9 4 4 7 5
GP Cup of Russia 5
GP NHK Trophy 9
GP Skate America 8 7 3
Golden Spin 1
Nebelhorn 3 2 2
Skate Israel 4 4
Universiada 1
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 19 8 9 4
JGP Final 6 8
JGP Germaniya 3 3
JGP Italiya 8
JGP Meksika 2
EYOF 3
Milliy
Isroil chempionati 1 1 J 1 J 1 J 1 J 2 1 1 1
J = Oʻsmirlar
  1. „Young Israelis to compete at Skate America“. The Jewish Ledger (2006-yil 25-oktyabr). 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Ben-Ali, Russell. „Skaters, coach sue Hackensack rink“. New Jersey Star-Ledger (2008-yil 30-oktyabr). 2013-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  3. McGrath, Charles. „Israel's Winter Athletes Come to U.S. Seeking Ice and Medals“. The New York Times (2010-yil 19-yanvar).