Kontent qismiga oʻtish

Aleksandrning Hindistonga yurishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aleksandr Makedonskiy Miloddan avvalgi 327-yilda Hindikush va Sulaymon togʻlari dan oshib Hindiston ning Panjob hududiga bostirib keladi. U oʻzining 120 ming kishilik qoʻshini bilan bu hududdagi mayda davlatlarni oʻziga boʻysundiradi.

Gidaspes jangi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ammo Aleksandrga Panjobdagi eng kuchli hukmdor Por(Porus yoki Poros)(miloddan avvalgi 326-321-yillar) qarshi chiqadi. Ular oʻrtasidagi hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 326-yilda boʻlib oʻtadi va unda Aleksandr qiyinchilik bilan gʻolib chiqadi. Jangda hindlar  va hatto Porning oʻzi mardona jang qiladi, toʻqqiz joyidan ogʻir jarohat oladi. Porning ikki oʻgʻli halok boʻladi. Ammo  yunon- makedonlar son jihatidan ancha ustun boʻlgan. Bu jangda Aleksandrning 120 minglik qoʻshiniga qarshi Porning 30 ming piyoda , 4 ming otliq , 3 ming jang arava va 200 jangovar fil mingan jangchisi qatnashadi (PLUTARX  esa bu jangdagi Por qoʻshinida 22 ming piyoda va 2 ming otliq boʻlgan deb yozadi).  Raqibining jasoratiga tan bergan Aleksandr uni Panjob hokimi etib tayinlaydi. Ammo jangda Aleksandr qoʻshini katta talafot koʻradi. Vsevolod Abdiyevning yozishicha  makedonlar   bu jangda  12  ming askardan  ayrilgan.  Aleksandrning sevimli oti Butsefal yoki Bukefal bu jangda oʻq tegib halok boʻladi. Uning sharafiga Aleksandr  Butsefaliya shahrini qurdiradi.Onesikritning yozishicha esa Butsefal 30 yoshida qarilik tufayli oʻlgan. Shundan keyin u Hindistonning markaziy qismlariga yurish qilmoqchi boʻladi.  Uni bu yurishga undayotgan shaxs esa Chandragupta edi.