Aleksey Markov Yakovlevich
Aleksey Markov Yakovlevich | |
---|---|
Tavalludi | 1920-yil 22-fevral |
Vafoti |
1992-yil 29-avgust Moskva, Rossiya Federatsiyasi |
Ijod qilgan tillari | rus tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1940-1992-yillar |
Janr | sheʼr, poema |
Aleksey Yakovlevich Markov (1920-yil 22-fevral-1992-yil 29-avgust, Moskva) rus shoiri va tarjimoni.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stavropol viloyatining Aleksandrovskiy tumanidagi Nina qishlogʻida (hozirgi Stavropol oʻlkasining Sovet tumani tarkibida) tugʻilgan. Bolalik yillarini Dog‘istondagi Nijniy Jengutay qishlogʻida oʻtkazgan.
Shoirning dastlabki she’rlari 1940-yilda nashr etilgan. Ulug‘ Vatan urushining ishtirokchisi. Uchinchi Ukraina fronti Havo kuchlari qismlarida xizmat qilgan. 1- va 2-darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan[1].
Aleksey Yakovlevich 1951-yilda Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgan. 1949-yilda Stalin haqida yozgan she’ri uchun NKVDda soʻroqqa tortilgan. A. T. Tvardovskiy Markovning „Vishki v more“ nomli ilk poemasini tahrir qilib, uni „Noviy mir“ jurnalining 1952-yilgi yangi yil sonida eʼlon qilgan.
Rus shon-shuhrati haqidagi „Mixaylo Lomonosov“, „Yermak“, „Pugachyov“, „Vernadskiy“, „Zvezdi nad golovoy“ va boshqa dostonlar muallifi. 1968-yilda Chexoslovakiyaga qoʻshin kiritilishiga qarshi chiqdi. Bir partiyali tizimga, senzuraga va kolxozlarga qarshi dadil nutqlari bilan tanilgan. Bu haqda uning uch jildlik asarlar toʻplamiga kiritilgan she’rlarida soʻz yuritilgan.
Yozuvchi Yevgeniy Popov Aleksey Markov haqida:
"Oʻsha paytlarda, ayyor yozuvchilar rahbarlari sovet „gʻarbparast“lari va sovet „slavyanparast“larini bir-biriga qarshi qoʻyayotgan bir vaqtda, Aleksey Markovning siymosi, shubhasiz, barcha toifadagi sotsialistik realizm xushomadgoʻylarining kundalik hayotidan ustun turardi. Markov „aqlli“lar konyak va baliq yeb-ichib oʻtirganlarida bir-birlariga shivirlab aytishni maʼqul koʻradigan narsalarni ochiq-oydin gapirar va yozar edi. U yozgan barcha narsalar hamon dolzarb, chunki ular hanuzgacha bahslarga sabab boʻlmoqda. Biz yosh jihatidan ham, dunyoqarashimiz boʻyicha ham mutlaqo boshqa-boshqa edik, lekin men, Xudoga shukr, oʻshanda bu inson va shoirning qadri-qimmatini tushungan edim. Men bizning goʻyoki hech narsa haqida boʻlmagan, aslida esa u uchun ham, men uchun ham eng muhim boʻlgan – Rossiya haqidagi barcha qisqa va uzoq suhbatlarimizni eslayman".
Aleksey Markov Moskvada Troyekurovskiy qabristoniga dafn etilgan (2-uchastka)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Biografiya (Wayback Machine saytida 2024-06-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Могилы ушедших поэтов. Марков Алексей Яковлевич (1920-1992)“. po.m-necropol.ru. 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.