Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Petrenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksey Aleksandrovich Petrenko (1910-yil 1-oktabr, Toshkent — 1979-yil 31-avgust, oʻsha yerda) — sovet geologi, Lenin mukofoti laureati (1959).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1938-yilda Oʻrta Osiyo sanoat institutining geologiya fakultetini kon-geolog muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[1]. 1938-1939-yillarda Oʻrta Osiyo geologiya tresti otryadi boshligʻi, soʻngra Qirgʻiziston (1939-1940), Oʻzbekiston (1940-1947) geologiya boshqarmalari partiyalari boshligʻi boʻlgan[1].

Partiya boshligʻi (1947-1950), Krasnogorsk ekspeditsiyasining bosh geologi va bosh muhandisi (1950-1951), Krasnoxolmsk ekspeditsiyasining rahbari (1951-yildan), keyinchalik qayta tashkil etilgan „Krasnoxolmskgeologiya“ IChGB (Ishlab Chiqarish Geoligiya Birlashmasi) (1973-yilgacha) [1] rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Oʻnlab uran rudasi konlarini[1], shu jumladan Uchquduq uran konini (V.M.Mazin, A.I.Pak, F.N.Abakumov, M.E.Poyarkova bilan birgalikda) ochish, qidirish va sanoatga joriy etish ishlarini oʻtkazishning ishtirokchisi va rahbari hisoblanadi, uning negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgan[2].

  • 1959-yildagi Lenin mukofoti[1] — Uchquduq uran konini ochishdagi ishtiroki uchun (A.I.Pak, F.N.Abakumov, M.E.Poyarkova, V.I.Kuzmenko bilan birgalikda)[3]
  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog (1970)[1].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Петренко Алексей Александрович“. Геологи и горные инженеры России. Электронная библиотека «Горное дело». 2015-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-avgust.
  2. „Урановой геологии — 65 лет“. Федеральное агентство по недропользованию (2010-yil 13-oktyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-avgust.
  3. /статья/ // Разведка и охрана недр. — Госгеолтехиздат, 2005. — Вып. 7-12. — С. 47.