Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Shestakov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aleksey Mixaylovich Shestakov (1889.18.2, Kaluj gubernyasi — 1958.12.5, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1957). Ijodiy faoliyatini 1906-yil boshlagan: Rossiyaning turli teatrlarida ishlagan. 1934-yildan (yaʼni teatrning ochilish kunidan) Maksim Gorkiy nomidagi rus drama teatrida ishlagan. Shestakov obrazlari yorqin va aniq talqini, nafaqat ichki, balki tashqi ifoda vositalariga ham alohida eʼtibor berishi bilan ajralib turgan. Famusov (Aleksandr Griboyedov, "Aqllilik balosi"), Murzavetskiy (Aleksandr Ostrovskiy, "Boʻrilar va qoʻylar"), Pimon (Aleksandr Pushkin, "Boris Godunov"), Kleshch, Bessemyonov (M. Gorkiy, "Tubanlikda", "Meshchanlar"), Krutitskiy ("Har toʻkisda bir ayb"), Serebryakov, Gayev (Anton Chexov, "Vanya togʻa", "Olchazor"), Pol Dombi janoblari (Charlz Dikkens, "Dombi va oʻgʻil") kabi obrazlari bilan shuhrat qozongan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil