Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Vasilyevich Korolyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Korolyov Aleksey Vasilyevich (1897. 15.5, Ryazan — 1960.24.5, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1960). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1947), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1942), professor (1942). Moskva konchilik akademiyasini tugatgan (1926).

Oʻrta Osiyo geologiya boshqarmasi konsultant-geologi (1929—37). Oʻrta Osiyo politexnika institutida dotsent (1930—33), kafedra mudiri (1932). Ilmiy ishlari Qoramozor konlarining geologik xususiyati, elementlarning geokimyoviy tarixi va Yerning rivojlanish tarixida ruda hosil qiluvchi elementlarning rolini aniqlashga bogʻishlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Struktura i metallogeniya Almalika. Nekotorie voprosi teorii endogennogo rudoobrazovaniya, 2 izd., T., 1970.