Aleksey Venesianov
Qiyofa
Aleksey Gavrilovich Venesianov (ruscha: Алексей Гаврилович Венецианов; 18-fevral 1780-yil — 4-yanvar 1847-yil) rus rassomidir. U rus tasviriy sanʼatida maishiy janr asoschilaridan biri hisoblanadi. Dastlab ishqiy munosabatlarni madh etuvchi lirik portretlar yaratdi. Ayniqsa, uning ijodida dehqonlar hayoti aks etgan va rus tabiati goʻzalligi nozik did bilan ifodalangan asarlar alohida oʻrin tutadi. „Shudgorda. Bahor“, „Dehqon cholning boshi“, „Zaharka“, „Lavlagi tozalash“ va boshqalar shular jumlasidan. U koʻp asarlarini natura (borliqning oʻziga qarab chizish) dan ishlagan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil