Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Yefremov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Yefremov
Asl ismi ruscha: Алексей Николаевич Ефремов
Tavalludi 20-oktyabr, 1882-yil
Samarqand, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 16-mart 1964-yil, (81 yosh)
Buenos Ayres, Argentina
Unvoni polkovnik

Aleksey Nikolayevich Yefremov (1882-yil 20-oktabr, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1964-yil 16-mart, Buenos Ayres, Argentina) – Rossiya 50-artilleriyasi polkovnigi, Birinchi jahon urushi qahramoni.

Aleksey Nikolayevich Yefremov 1882-yil 20-oktabrda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida harbiy oilasida tugʻilgan[1]. Uning otasi isteʼfodagi general-mayor Nikolay Alekseyevich Yefremov edi.

Aleksey Yefremov 1900-yil 2-Orenburg kadet korpusini, 1902-yil Mixaylovskiy artilleriya maktabini tamomlagan. 1904-yil 2-aprelda 1-zaxira artilleriya brigadasiga qabul qilingan. U 1905-yil 21-avgustda leytenant, 1908-yil 29-avgustda kapitan harbiy unvonini olgan. 1910-yil 11-avgustda u 50-artilleriya brigadasiga oʻtkazildi. Arxiv maʼlumotlaridan olingan qaydnomaga koʻra, Aleksey Yefremovning shaxsiy qaydnomasida shunday yozuvlar mavjud:

1914-yil 2-noyabrda Byalotarsk yaqinidagi jangda qahramonlik koʻrsatadim yaʼni dushmanning qurollangan artilleriyasi oldida jonimni xavfga qoʻyib, dushmanning barcha askarlarini snaryad bilan oʻqqa tutdim. Men qoʻlimdan yarador boʻldim, lekin xizmatda qoldim.

Aleksey Yefremov 1916-yil 8-aprelda 50-artilleriya brigasining 6-batalyoni komandiri etib tayinlanadi. Aleksey Yefremov 1916-yil Linevki qishlogʻi yaqinidagi jangda qatnashayotgan payt dushman qoʻshinining qoʻqqisdan bergan zarbasi sabab, Alekseyning safdoshlari chekinishga majbur boʻlishadi. Shu paytda Aleksey Yefremovning harbiy salohiyatini ishlatib, dushmanga ikki yondan zarba beradi. Shunday qilib, Aleksey va uning safdoshlari boʻlishi mumkin boʻlgan dushman zarbasidan omon qolishdi.

Aleksey Yefremov 1915-yil 23-aprelda kapitan, 1916-yil 15-fevralda podpolkovnik harbiy unvonini olgan. Podpolkovnik unvonida ostida Aleksiy bir nechta harbiy mashgʻulotlarda qatnashgan. 1917-yil 31-mayda Aleksiy Yefremovga polkovnik unvoni topshirilgan. Aleksiy Yefremov 1926-yilda Argentinaga koʻchib oʻtgan. U yerda Rossiya umumharbiy ittifoqi birlashmasining vakili sifatida faoliyat yuritgan[2]. 1964-yil 16-mart kuni Argentinada vafot etadi. Buyuk Britaniyadagi qabristonlardan biriga dafn etiladi.

  • „3-darajali Avliyo Anna ordeni“, 6-dekabr 1911-yil
  • „Avliyo Jorj ordeni“, 28-iyul 1915-yil
  • „Jasorat“ ordeni, 27-yanvar 1916-yil
  • „2-darajali Muqaddas Stanialus ordeni“, 14-fevral 1917-yil