Kontent qismiga oʻtish

Alexander Coosemans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander Coosemans
Tavalludi 1627-yil
Antverpen
Vafoti 1689-yil
Antverpen
Millati niderland
Sohasi rassom (natyurmort)

Alexander Coosemans (talaffuzi: Aleksandr Kuzmans; 1627-yil, Antverpen – 1689-yil, Antverpen) – janubiy niderlandiyalik (flamand) rassom, flamand barokko uslubidagi natyurmort ustasi. Rassom gullar va mevalar aks etgan kompozitsiyalarni, shuningdek, vanitas janridagi natyurmortlarni va flamandcha „hashamatli natyurmortlar“ (pronkstillevens)ni chizgan[1].

Coosemansning hayoti haqida juda kam maʼlumotlar mavjud. Rassom Antverpenda tugʻilgan, u yerda 1627-yil 18-martda choʻqintirilgan. Uning otasi bryussellik duradgor boʻlib, 1617-yilda Antverpenga koʻchib kelgan. Onasi Gertruda Bek. Otasi gazlamalarni sotishdan daromad qila boshlagani sababli oʻgʻlini yaxshi oʻqituvchida oʻqitadi[2] .

1641-yilda Coosemans Gollandiyadagi yetakchi natyurmort rassomi Jan Davidsz. de Heemga shogirdlikka tushadi. 1645-yilda Antverpendagi „Sint-Lucasgilde“ (tarjimasi „Avliyo Luka gildiyasi“)ning rassomi boʻladi.

1649—1651-yillarda Coosemans Italiyada boʻlib, Doria-Pamfili-Lendi oilasining buyurtmasiga asosan Villa del Principedagi dekorativ panellar uchun meva va gullar aks etgan natyurmortlarni chizgan[3][4].

Coosemans 1651-yilda Antverpenga qaytib keladi va umrining oxirigacha uylanmasdan, yakka yashagan. 1689-yilda vafot etgan.

Coosemans asosan gullar, mevalar va jonsiz narsalarni chizgan. Shuningdek, vanitas va hashamatli natyurmortlar (pronkstillevens) janrida natyurmortlar chizgan. Uning natyurmortlari ancha xilma-xil boʻlgan. Rassom suratlarni chizishda soya effektlaridan foydalanishni afzal koʻrgan. Bu shaxsiy uslubi Italiyada boʻlgan paytda paydo boʻlgan.

  1. Neues allgemeines Künstler-Lexicon; oder Nachrichten von dem Leben und den Werken der Maler, Bildhauer, Baumeister, Kupferstecher etc. Bearb. von Dr. G. K. Nagler. – München: E. A. Fleischmann, 1835—1852
  2. Frans Jozef Peter Van den Branden. Geschiedenis der Antwerpsche schilderschool. – Antwerpen, 1883. – P. 1122
  3. Rathschüler A. Palazzo del Principe: villa di Andrea Doria. – Sagep, 1997. – R. 11
  4. Teresa Pugliatti, Caterina Zappia. Scritti in Onore Di Alessandro Marabottini. – De Luca, 1997. – R. 205