Alfred Karlovich Arends
Qiyofa
Alfred Karlovich Arends (1893, Peterburg — 1978, Toshkent) — sharqshunos olim.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Filologiya fanlari doktori (1963). Birinchi jahon urushida qatnashgan. 1936-yildan sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq fakultetida Eron filologiya kafedrasi mudiri (1947 — 52). 1952-yildan Oʻzbekiston Sharqshunoslik institutida ishlagan. A. „Tarixi Mas’udiy“ kitobining ilmiy-tanqidiy matni va ilmiy tadqiqoti mavzuida ilmiy ishlar olib borgan. Oʻzbekistonda sharqshunoslik fanini rivojlantirishda, yosh olimlar yetishtirish va tarbiyalash sohasida muayyan xizmat koʻrsatgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |