Kontent qismiga oʻtish

Alfred Neuland

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alfred Neuland

Neuland 1920-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Estoniya bayrogʻi Estoniya
SSSR bayrogʻi SSSR
Tavallud sanasi 1895-yil 10-oktyabr
Walk, Livoniya gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 1966-yil 16-noyabr (71 yoshda)
Boʻyi 1.66 m
Vazni 74 kg
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Klubi Kalev Tallin

Alfred Karl Neuland (1985-yil 10-oktyabr) – rossiyalik va estoniyalik ogʻir atletikachi. Estoniya tarixidagi birinchi olimpiya chempioni (1920), jahon chempioni (1922), 1924-yilgi olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1895-yil 10-oktyabrda Valka shahrida tugʻilgan. Uning Voldemar va Felix ismli ukalari boʻlgan[1].

Yoshligida Alfred Rigada yashagan va oʻqigan[1]. Uning qoʻshnisi Helmut Saretok Sovet Rossiyasining uch hatlab sakrash boʻyicha birinchi rekordchisi edi. Alfredning hovlida ikki kilogrammlik tosh koʻtarayotganini koʻrib, Helmut ham ogʻir atletikaga qiziqib qolgan[2].

Alfred Neuland birinchi jahon urushi va Estoniyadagi ozodlik urushida ishtirok etgan[1].

Tallindagi Kalev klubida mashgʻilot oʻtkazgan. 16 yoshidan (1911) musobaqalarda ishtirok eta boshlagan. 1915 va 1916-yillarda yengil vazn toifasida Rossiya chempioni boʻlgan. Bir yildan soʻng esa oʻrta vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritgan[1].

1920—1924-yillarda Estoniya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Antverpendagi olimpiya oʻyinlarida qatnashgan va yengil vazn toifasida (67,5 kilogrammgacha) chempion boʻlgan. Jami 257,5 kg (72,5 + 75 + 110) toshni koʻtarishga muvaffaq boʻlgan[1].

1922-yilda jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1923-yilda Gotenburg oʻyinlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1918-yildan 1924-yilgacha Alfred turli vazn toifalarida koʻp marta Estoniya chempioni boʻlgan[1].

1924-yilda Alfred Neuland oʻz faoliyatidagi ikkinchi olimpiya oʻyinlarida qatnashgan va 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[1] .

Faoliyati davomida Neuland 12 ta jahon, 10 ta Olimpiya va 45 ta Estoniya rekordini oʻrnatgan. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan sport xodimi[1] .

Faoliyatini yakunlagandan soʻng

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport faoliyatini yakunlab, oʻz qishlogʻida tadbirkorlik bilan shugʻullangan. 1950-yildan 1955-yilgacha Tallindagi Estoniya alkogolsiz ichimliklar eksperimental zavodini boshqargan[1].

Murabbiy va sport hakami sifatida ham faoliyat yuritgan. Butunittifoq toifasidagi hakam (1955[3]). Daniil Ganyukov, Boris Melikov, Mati Nuude kabi sportchilarga murabbiylik qilgan. Eesti Spordilehti Alfred Neuland haqida maqola eʼlon qilgan[1].

1966-yil 16-noyabrda vafot etgan. Tallinda dafn etilgan[1].

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 „Neuland, Alfred Karl“ (et). ESBL. 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  2. П. Андреев. Первый рекордсмен страны // Лёгкая атлетика : журнал. — M., 1958. — № 8. — С. 28. Архивировано 24 yanvar 2022 года.
  3. V Komitete po fizkulture i sportu // Sovetskiy sport. – 2 fevralya 1956. – № 14. – S. 2.