Kontent qismiga oʻtish

Alfredo Di Stéfano stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alfredo di Stefano stadioni
Toʻliq nomi Estadio Alfredo Di Stéfano
Joyi Madrid, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Qachon qurilgan 2006-yil
Qachon ochilgan 2006-yil 9-may
Meʼmor Antonio Lamela
Hajmi 6.000[1]
Maydon oʻlchami 105m × 68m
Maydon egalari
«Real Madrid», «Real Madrid Castilla»

Alfredo di Stefano stadioni (isp.: Estadio Alfredo Di Stefáno) — Madriddagi futbol stadioni, Real Madrid Castilla ning uy arenasi.

Asosiy maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda qurilgan 6.000 o'rinli stadionga "Castilla"ning sobiq prezidenti va klub tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylangan sobiq jamoa o'yinchisi Alfredo Di Stefanoning nomi berilgan. Stadion ochilishida u shunday deb oʻtgan:

Barcha madridistlarning uyi hisoblangan mening yangi uyimga xush kelibsiz. Stadion qurilishida ishtirok etgan barchani tabriklayman. Madridning yangi tarixini shakllantirayotganlarga ham rahmat aytmoqchiman.

«Alfredo Di Stefano» stadioni «Real Madrid» futbol klubining mashg'ulot maydoni hisoblanadi Bu yerda, shuningdek, “Real Madrid Castilla”ning uy uchrashuvlari ham oʻtkaziladi. Stadion 2006-yil 9-may kuni Real Madrid” va Fransiyaning “Reyms” jamoasi oʻrtasidagi oʻyin bilan ochilgan. O'shanda "qaymoqranglilar" 6:1 hisobida g'alaba qozonishgan va gollarga Kassano (dubl), Soldado (dubl), Sergio Ramos va Xurado mualliflik qilishgan. Bungacha yangi stadionda «Real Madrid» faxriylari va Ispaniya terma jamoasi o'rtasidagi bahs bo'lib o'tgan va uchrashuv "blankos"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Chempionlar Ligasining 2020/2021-yilgi mavsumida Santiago Bernabeu stadioni rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan «Alfredo di Stefano» stadionida Real Madridning uy uchrashuvlari o'tkaziladi[2].

Stadion eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan: tuproqni isitishdan tortib, ekologik toza quyosh panellarigacha. Unda 2 ta televizion zona, televizor sharhlovchilari uchun 4 ta va radio sharhlovchilari uchun 10 ta kabina mavjud. Shuningdek, gazeta jurnalistlari uchun 28 ta, sharhlovchilar uchun 32 ta oʻrin mavjud. Bundan tashqari, o'yin holatini kuzatuvchi kameralar, asosiy va yaqin kameralar uchun galereya mavjud. Matbuotning o'z media markazi bor, u maydon darajasida joylashgan bo'lib, u yerdan matbuot xonasi, fotosuratchilar xonasi, aralash zona va telestudiyani topish mumkin.