Alginat kislota
Qiyofa
Alginat kislota (lot. alga -suvoʻt) – koʻpchilik hujayra poʻstida uchraydigan yuqori molekulali rangsiz, amorf uglevod birikma. Mol. massasi 3500- 1500 000ga teng. Sovuq suvda yomon, issiq suv va ishqoriy eritmalarda yaxshi eriydi. Oʻz hajmidan 200-300-marta ortiq hajmdagi suvni yutish qobiliyatiga ega. Natriy va kaliyli tuzlari suvda yaxshi erib, yopishqoq eritmalar hosil qiladi. Alginat kislota va uning tuzlari emulsiya va suyuqliklarni quyultirishda, muzqaymoq ishlab chiqarishda gel hosil qiluvchi komponent sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |