Kontent qismiga oʻtish

Alhon (musiqa)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Alhon (arab. — kuylar, ohanglar; lahn soʻzining koʻpligi) — Sharq xalqlari vokal va cholgʻu musiqasining umumiy ifodasi. A. kuy, qoʻshiq ma’no-laridan tashqari, she’rni ohangli oʻqish, hofizlarning "Qur’on" oʻqishi, bulbul-ning sayrashi, xutba oʻqish ka-bilarni ham oʻz ichiga oladi. A.ning turlari koʻp: A. basitiy (oddiy A.) — cholgʻu kuyi yoki she’rni ohangga solib oʻqish; A. jirmiy (toʻliq A.) — she’r va ritm-usullarni mujassamlantirgan musiqa asari; A. in-fioliya (gʻamgin, ma’yus A.); A. mulazza (lazzatbaxsh A.) — goʻzallikni ifodalay-digan va noziq his-tuygʻular qoʻzgʻatadigan musiqa asarlari; A.muhayyila (tasav-vur ettiruvchi A.) — insonni xayolga choʻmdiruvchi musiqa asarlari; A. xattiy (eng oddiy A.) — vokal musiqa asarla-rini tashkil etuvchi elementlar — har bir nagʻma, usul va she’rning yakka-yakka holdagi ifodasi. A. qadimgi risolalar-da parda (maqom) uyushmalarini, sozanda, xonandalarning ijro mahoratini oshi-radigan mashqlarni ham ifodalagan.Ad.:Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk, T., 1963; Alisher Navoiy, Muhokamatul-lugʻatayn, T., 1948;Rajabov Ishoq, Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil