Ali Abdulloh Ayyub
General Ali Abdulloh Ayyub (arabcha: علي عبد الله أيوب) (1952-yil 28-aprelda Latakiyada tugʻilgan)[1] — Suriya bosh vazirining amaldagi oʻrinbosari, Suriya arab armiyasining katta zobiti va sobiq mudofaa vaziri. Bu lavozimga Suriya prezidenti Bashir al-Asad tomonidan 2018-yil 1-yanvarda tayinlangan[2].
General Ayyub manevr tuzilmalariga qoʻmondonlik qilishda uzoq tajribaga ega va quruqlikdagi urushlar boʻyicha mutaxassis sifatida ham tan olingan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harbiy taʼlimi[3]:
- Harbiy fanlar bakalavri, Harbiy akademiyaning zirhli boʻlimi, Homs (1971–1973)
- Sinov ostidagi leytenant unvoni bilan tayinlangan (1973)
- Kompaniya komandiri kursi
- Batalyon komandiri kursi
- Qo'mondonlik va shtab kursi
- Oliy kadrlar kursi (urush kursi)
Funksiyalar va asosiy harbiy lavozimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Suriya quruqlik kuchlari va Suriya respublika gvardiyasining turli zirhli brigadalarining sobiq qo'mondoni
- 4-zirhli diviziyaning sobiq qo'mondoni
- Birinchi armiya korpusining sobiq qo'mondoni (1, 4, 5 va 7-diviziyalarni qayta guruhlash rahbari), Damashq shahrida
- 2012-yil 12-iyuldan 2017-yil 31-dekabrgacha Suriya arab armiyasining sobiq shtab boshligʻi
Prezident Bashir al-Asad bilan munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bashir al-Asadning otasi, sobiq prezident Hofiz al-Asad 2000-yil 10-iyunda vafot etadi. 34 yoshli boʻlajak prezidentning oldida bir muammo paydo boʻladi: hokimiyatni qonuniy egallash uchun uning yoshi yetmas edi. Buning imkoni tez orada topildi, parlament prezidentlikka nomzodning yoshini 34 yoshgacha minimallashtirdi. Ana shundan soʻng „adolatli“ saylovlar oʻtkaziladi va 2007-yilda Suriya xalqi Bashshor al-Asadni yana bir bor „qayta saylaydi“.
Prezident boʻlishini xech kim taxmin qilmagan Bashshor davlatni shu paytgacha qoyillatib boshqarolmadi. Koʻpchilikning fikricha, unda marhum akasidagidek xarizma va ishonch yetishmaydi. 1983-yildagi davlat toʻntarishi amalga oshmay mamlkatdan qochib ketgan Bashirning amakisi Rifat jiyani haqida CNNga shunday degandi: „Bashior al-Asad rejimi uning nomidan nimaga qaror qilsa, faqat shunga ergashadi.“
Balki Bashshor al-Asaddan yaxshi doktor mumkin edi, lekin u yaxshi davlat rahbari boʻlolmagani aniq. U haqida Suriyaning sobiq Bosh Vaziri Abdul Halim Haddam shunday deydi: „Siz erta tongda u bilan nimanidir muhokama qilishingiz va ikklangiz bir qarorga kelishingiz mumkin, lekin tushdan soʻng boshqa birov kelib, uning fikrini oʻzgartirib ketishi juda oson.“
Lekin Ali Abdulloh Ayyub doimo Bashir al-Asadni qoʻllb quvvatlab unga sidqi dildan xizmat qilib kelgan. Shu xizmatlari va harbiy sohadgi koʻp yillik bilam va tajribasiga asoslanib, Bashir al-Asad Ali Abdulloh Ayyubni 2018-yil Suriya habiy mudofaa vaziri eib tayinlaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „العماد علي عبد الله أيوب“ (Arabic). mod.gov.sy (16-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2018-yil.
- ↑ Reuters. „Syria's Assad names new defense and other ministers: state TV“. Reuters (1-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2018-yil.
- ↑ „العماد علي عبد الله أيوب“ (Arabic). mod.gov.sy (12-yanvar 2020-yil). 7-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.