Ali Shihob
Qiyofa
Ali Shihob (XV asr) – turshizlik forsigoʻy shoir. Boysungʻur mirzoning mulozimi. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Navoiy uning sheʼrni “ham ravon, ham puxta” aytishi haqida yozib, quyidagi baytini keltiradi:
Chu parda az ruxi chun oftob bardori, Ba jon-u dil kunadat mushtari xaridori.
(Mazmuni: Yuzingdagi pardani quyosh yangligʻ koʻtarsang, hatto Mushtariy sayyorasi ham jon-u dili bilan xaridoring boʻladi). Bunda mushtariy soʻzi “talabgor”, “sotib oluvchi” maʼnosida ham qoʻllangan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |