Kontent qismiga oʻtish

Ali Sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ali sulton (1416-?) — Turfonning birinchi sultoni. 1469-yil Turfonni sultonlik deb eʼlon qildi, uning siyosiy-iqtisodiy qudratini oshirdi. A. S. davrida qishloq xoʻjaligi va hunarmandchilik ancha rivojlandi. Korizlar koʻpaydi, ekin maydonlari kengaydi, don mahsuloti chetga chiqarila boshlandi. A. S. Qoju, Lyukchun bekliklarini, 1473-yilda Qumul (Xomi) sultonligini ish-gʻol qilib, oʻz sultonligiga birlashtiradi, Xitoy Min imperatorligi qoʻl ostidagi Guanju, Shaju sh.larini oʻz hududiga qoʻshib olib, Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdoni, Ipak yoʻliga hukmronlikni ham oʻz qoʻliga oladi. A. S. 1491-yilga kelib Xitoy devorining gʻarbiy darvozasi tashqarisidagi oʻn bir shaharni egallab oladi, uning ichidagi Suju, Guanju sh.lariga ham bir necha bor bostirib kirib, Min imperatorli-gini bevosita tahdid ostida qoldiradi. Uygʻur yerlarining sharqiy qismida A. S tashkil qilgan mazkur Turfon sul-tonligi 15- 16-asrlarda oʻz ravnaqining choʻqqisiga chiqqan edi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil