Kontent qismiga oʻtish

Ali ibn Abdulaziz Marg'inoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 506/1112-13 yili vafot etgan.
Dini Islom
Tanilgan sohasi fiqh

Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy (arabcha: على بن عبد العزيز المرغيناني — Ali ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq Zahiriddin Kabir Margʻinoniy) — faqih.

Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy XI asr oʻrtalarida Margʻinonda muhaddis Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy xonadonida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Margʻinonda otasi Abdulaziz Margʻinoniydan olgan.

Keyinchalik Sayyid ibn Shujoʼ, Muhammad ibn Ahmad ibn Hamza va Burhoniddin Kabir Abdulazizlar huzuriga borib, fiqh boʻyicha taʼlimini davom ettirgan.

Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniydan fiqh borasida oʻgʻli Abulmahosin Zahiriddin Hasan ibn Ali, Qivomuddin Ahmad ibn Abdurrashid va Tohir ibn Ahmadlar taʼlim olgan.

Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy 506/1112-13 yili vafot etgan[1].

  • Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2016.
  1. Qoriev O. A. Fargʻona fiqh maktabi va Bur-honiddin al-Margʻinoniy. — B. 57.