Alice Cooper
Alice Cooper | |
---|---|
Alice Cooper 2011-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Vincent Damon Furnier 4-fevral, 1948 |
Janrlar | Rok, hard rock, heavy metal, shock rock, glem-rok, garage rock |
Faoliyat yillari | 1964–bugun |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | Sheryl Cooper |
Amplua | Qoʻshiqchi, aktyor, DJ |
Veb-sayt | AliceCooper.com |
Alice Cooper (tugʻilgan paytidagi ismi Vincent Furnier; 1948-yil 4-fevralda tugʻilgan) — amerikalik rok qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va karyerasi besh oʻn yillik davom etib kelayotgan musiqachi. Gilyotinalar, elektr stullar, yolgʻondakam qon va boa ilonlari bilan Cooper daxshat filmlari, vodevil, heavy metal va garage rockni birlashtirib rok musiqaning teatrlashtirilgan turini shock rockni yaratadi.[1]
"Alice Cooper" aslida Vincent Furnier sardorlik qiladigan guruhning nomi edi. 1974-yili Furnier qonunan oʻz ismini Alice Cooperga oʻzgartiradi va yakkahon karyerasini boshlaydi. 1965-yili hali guruh "The Spiders" deb nomlangan paytda ular oʻzligining birinchi singlini chiqaradilar, 1971-yilda esa ular "Love it to Death" albomidan boʻlgan "I'm Eighteen" hiti bilan xalqaro musiqiy sahnani zabt etadilar, muvaffaqiyat 1972-yili "School's Out" bilan davom etadi va Billion Dollar Babies albomi bilan oʻzining tijoriy choʻqqisiga yetadi. Cooperning yakkahon karyerasi 1975-yili Welcome to My Nightmare konseptual albomi bilan boshlanadi. Detroyt garage rocki[2] va glem-rok[3] ildizlaridan kelib chiqib Cooper koʻpgina musiqiy uslublar bilan tajriba oʻtkazadi, ular ichida conceptual rock, hard rock, pop-rok, experimental rock va industrial rock. Ohirgi paytlarda u oʻzining garage rock ildizlariga qaytgan.[4]
Alice Cooper sahna ortida ijtimoiy faol va tili oʻtkir kishidir, The Rolling Stone Album Guide uni dunyoning eng "sevimli" heavy metal artisti deya taʼrif berdi.[5] U heavy metal musiqasi va koʻrinishini shakllantirishga yordam berdi. Shuningdek, u 1960-yillarning ohirida teatrrallashtirilgan rock/pop konsertlar qoʻyishni boshlab bergan eng birinchilardandir. Musiqadan tashqari Cooper aktyor, restoranchi va 2004-yildan boshlab oʻzining "Nights with Alice Cooper" (Alice Cooper bilan tunlar) va "Breakfast with Alice" (Alice bilan nonushta) klassik rock dasturlari bilan faoliyat yurituvchi radio DJ.
Yoshligi va karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cooper tugʻilgan paytidagi ismi Vincent Damon Furnier Detroyt, Michiganda dunyoga keladi. Onasi Ella Mae (qizlik familiyasi McCart), otasi Ether Moroni Furnier. Yoshligida koʻp kasal boʻlgani uchun Vincent Furnier va uning oilasi Feniks, Arizonaga koʻchib oʻtishadi. Washington boshlangʻich maktabini tugatib, Vincent Feniksning shimolidagi Cortez oʻrta maktabiga qatnashni boshlaydi.
1964-yili Furnier Lettermanning mahalliy isteʼdodlar shousida qatnashishni istaydi va shouda chiqish uchun maktabdagi doʻstlaridan guruh yigʻadi. Ular oʻzlarini The Earwigs deb nomlaydilar, u vaqtda ular hech qanday musiqiy asbobni chalishni bilmaydilar. The Beatles kabi kiyinib, Beatles qoʻshiqlariga taqlid qilib tomosha koʻrsatadilar. Natijada, isteʼdodlar shousida gʻolib boʻlib sahnaga chiqishni yoqtirib qoladilar. Guruh darhol mahalliy doʻkondan sotib olingan musiqiy asboblarda chalishni oʻrganadilar va nomlarini The Spidersga oʻgartiradilar:Furnier vokalda va garmonikada, Glen Buxton - asosiy gitara, John Tatum-ritm gitara, Dennis Dunaway - bas gitara va John Speer-barabanlar. Musiqiy jihatdan guruh The Beatles, The Rolling Stones, Janis Joplin, The Who, The Kinks, Pink Floyd va The Yardbirds guruhlari taʼsirida shakllangan.
1965-yilda, hali maktabda oʻqiyotgan The Spiders muntazam ravishda Feniks atroflarida sahnaga chiqadi, u paytda ular orqasidagi sahna devoriga katta qora oʻrgimchak toʻrini, oʻzligining birinchi sahna bezagini osar edilar. Oʻsha yili ular oʻzligining birinchi singli boʻlmish "Why Don't You Love Me"ni yozadilar, bu qoʻshiqning originali The Blackwellsga tegishli, shuningdek, aynan shu qoʻshiq uchun Furnier garmonikada chalishni oʻrgangan.
1966-yili The Spiders aʼzolari Cortez oʻrta maktabini bitiradilar. Shimoli oʻrta maktabning futbolchisi John Tatumni ritm gitarada almashtiradi. Shu paytda guruh ikkinchi singlidan boʻlgan qoʻshiq "Don't Blow Your Mind" bilan mahalliy radio hit-paradida birinchi oʻrinni egallaydi.
1967-yilda guruh muntazam ravishda Los Anjeles, Kaliforniya borib, u yerda shoularini koʻrsatadi. Soʻng ular nomlarini The Nazzga oʻzgartiradilar va "Wonder Whoʻs Lovin' Her Now" singlini chiqaradilar. Tez orada barabanchi John Speer Neal Smith bilan almashtiriladi. Yil oxiriga kelib, guruh Los Anjelesga toʻliq koʻchib keladi.
1968-yilda Todd Rundgren ham oʻz guruhini Nazz deb nomlaganini bilgach, guruh yana boshqa sahna taxallusini qidirishga majbur boʻladi. Furnier boshqa guruhlar ishlata olmaydigan nom qidirishni boshlaydi. Keyinchalik u guruh nomi qilib Alice Cooperni tanlaydi va bu sahna nomini oʻziga ism etib tanlaydi.
Ilk press relizlar bu nom Cooperning Ouijada yozuvlaridan birida tanlanib, xuddi shunday ismli XVII asr jodugari ismidan olingan deb yozganlar. Ammo, Cooper keyingi intervyularida bu nom ruhiy tasavvurida "orqasiga bolta berkitib ushlab turgan chiroyli, shirin, kichkina qizcha"ning tasviri sifatida kelishini aytadi.
1970-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yilning oʻrtalarida, ikki muvaffaqiyatsiz albomdan soʻng Alice Cooper guruhi Straight Records bilan shartnomasidagi oxirgi uchinchi albomni yozish va hit yaratishning soʻnggi imkoniyatidan foydalanish uchun hali tajribasiz produsyer Bob Ezrin bilan ish boshlaydilar. Hit "Eighteen" singli boʻladi, u 1970-yil noyabrida relizlanadi va "Billboard Hot 100"da 21 oʻringa yetadi. Ketidan yozilgan albom — "Love It to Death" 1971-yilning fevralida relizlanadi va ularning olgʻa yurgan qadamini Billboard "200" albomlar chartidagi 35-oʻrni bilan tasdiqlaydi. Bu albom Alice Cooper guruhining sakkiz albomidan eng dastlabkisi va Ezrin bilan yaratilgan solo albomlarning eng birinchisi boʻladi, Ezrin guruhning qatʼiy musiqiy yoʻnalishini yaratishga va uni rivojlantirishga katta yordam bergan.
1980-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cooperning 1980-yillarning boshlaridagi albomlari — Flush the Fashion, Special Forces, Zipper Catches Skin va DaDa avvalgi relizlari kabi tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlmaydi. Queenning produsyeri Roy Thomas Baker tomonidan produsyerlangan Flush the Fashion albomining musiqasi shunday kamyob va oʻtkir ediki, bu eski muhlislar uchun juda kutilmagan va yoqimsiz boʻladi, ammo "Clones (We're All)" qoʻshigʻi AQSh Top 40taligiga kiradi. Special Forces albomi New Wave uslubining ommaviyroq koʻrinishini oʻz ichiga oladi va unda "Generation Landslide"ning yangi versiyasi boʻladi. Keyingi albom — Zipper Catches Skin koʻproq power popga yaqin boʻladi.
1990-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhlislar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1978-yilgi Rolling Stone bilan intervyusida Bob Dylan "Menimcha, Alice Cooper toʻliq baho berila olinmagan qoʻshiqlar muallifidir", — deydi. "[6]
Alice Cooperning The Life and Crimes of Alice Cooper boks seti soʻz boshisida Alicening muhlisi Sex Pistols aʼzosi John Lydon "Killer" albomini hamma vaqt va davrlarning eng buyuk rock albomi deb baholaydi.
Musiqa ihlosmandi boʻlmagan musavvir Salvador Dalí, 1973-yili uning shousiga keladi va uni surrealistik deya tavsiflaydi va First Cylindric Chromo-Hologram Portrait of Alice Cooper's Brain[7] deb nomlangan gologrammani yaratadi, uning reproduksiyasi Floridaning Sankt Peterburg shahrida Dali muzeyida saqlanadi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1976-yili Alice balerina oʻqituvchisi/xoreograf Sheryl Goddardga uylanadi, u Alice Cooper shoularida 1975-yildan 1982-yilgacha qatnashadi. Ularning uch farzandi bor: eng katta qizi Calico Cooper (1981-yilda tugʻilgan) — aktrisa, qoʻshiqchi va Alice Cooper shousida 2000-yildan boshlab chiqadi; oʻgʻli Dashiel (1985-yilda tugʻilgan) — Arizona Davlat Universitetining talabasi, Runaway Phoenix guruhida ijod qiladi;[8] va eng kichik qizi Sonora (1993-yilda tugʻilgan).
Diskografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qarang: Alice Cooper diskografiyasi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangiliklar va intervyular
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Podkast intervyu: "Ilonlar, Rock & Roll, & Britney Spears" (ingl.)
- Maurie Sherman, CMP tomonidan olingan intervyu. 23.08.2006 da nashr etilgan (Wayback Machine saytida 2007-12-11 sanasida arxivlangan) (ingl.)
- Doug Van Pelt, 2002 tomonidan olingan HM uchun intervyu 1-qism (Wayback Machine saytida 2007-12-21 sanasida arxivlangan), 2-qism (Wayback Machine saytida 2012-03-22 sanasida arxivlangan). (ingl.)
- Horror Garage jurnalida Alice Cooperning intervyusi (ingl.)
- Enough Rope intervyu (ingl.)
- Fresh Air - Terry Gross - 17-may, 2007 intervyu (ingl.)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Artist bio by Rock critic Stephen Thomas Erlewine of All Music Guide hosted at VH1.com, 2007-11-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-01-06
- ↑ Furious.com
- ↑ Glam Rock tarixi
- ↑ NewWestRecords.com, 2008-01-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-01-07
- ↑ The New Rolling Stone Album Guide. Fireside. ISBN 0-7432-0169-8.
- ↑ Cott, Jonathan (Yan. 26, 1978). "The Rolling Stone Intervyu" (Wayback Machine saytida 2009-02-15 sanasida arxivlangan). Rolling Stone.
- ↑ Salvador Dali's Hologram Portrait of Cooper
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb-sayt (ingl.)
- Alice Cooper'stown: (Restoran) (Wayback Machine saytida 2007-11-13 sanasida arxivlangan) (ingl.)