Kontent qismiga oʻtish

Alikoʻsh

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Alikoʻsh — neolit davriga mansub manzilgoh (miloddan avvalgi 8-6-ming yillik). Erondagi Musiyon shahri yaqinida. Amerika ekspeditsiyasi tomonidan 1961 va 1963-yillarda qazishma ishlari olib borilgan. Quyi qatlamlardan paxsa uy qoldiqlari, koʻplab chaqmoqtosh qurollar topilgan. Aholi ovchilik va terimchilik, qisman dehqonchilik (bugʻdoy va arpa donlari topilgan) bilan mashgʻul boʻlgan, echki xonakilashtirilgan. Keyinchalik, dehqonchilik va chorvachilik xoʻjalikda asosiy oʻrinni egallagan, qoʻy xonakilashtirilgan, obsidiandan yasalgan qurollar tarqala boshlagan, miloddan avvalgi 6-ming yillik boshlarida sopol buyumlar paydo boʻlgan. Alikoʻshdagi topilmalar Yaqin Sharqning pastte-kislik mintaqalarida ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotning qanday vujudga kelganini aniqlashda katta ahamiyatga ega.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil