Alisa Yefimova
Alisa Yefimova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Olmoniya |
Oldin vakil boʻlgan |
Rossiya Finlandiya |
Tavalludi |
8-iyun 1999-yil Kouvola |
Alisa Borisovna Yefimova (ruscha: Алиса Борисовна Ефимова; 1999-yil 8-iyunda tugʻilgan) — Finlandiya va Rossiya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Aleksandr Korovin bilan birgalikda Universiada chempioni (2019), Rossiya kubogi finali (2018) va AQSh Gran-pri turnirining kumush medali sohibi (2018) boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yefimova Finlandiyaning Kouvola shahrida tugʻilgan. U 2014-yilda Moskvaga, 2017-yilda esa Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgan. Uning onasi hozirda Finlandiyaning Lappeenranta shahrida ishlaydigan figurali uchish boʻyicha murabbiy Marina Shirsovadir.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil fevral oyida Alisa / Korovin juftligi Saranskda boʻlib oʻtgan Rossiya kubogi finalida atigi yettinchi oʻrinni egallashgan. Biroq, magʻlubiyatga qaramay juftlik mashq qilishda davom etgan va dekabr oyida ular Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng, ular Vena shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro Seibt Memorial turniriga yuborildilar va u yerda ikkinchi oʻrinni egalladilar[1].
Juftlik Olimpiya oʻyinlaridan oldingi yangi mavsumni kutilmaganda boshladilar, ular Moskvada boʻlib oʻtgan Rostelekom kubogida oxirgi oʻrinni egalladilar, ammo oldingi barcha sport natijalarini yaxshiladilar[2]. Koʻp oʻtmay, ular Estoniyada oʻtkazilagan Tallin Trophy musobaqasida qatnashishdi va u yerda ikkinchi oʻrinni egalladi[3]. Dekabr oyining oxirida juftlik Chelyabinskda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida ishtirok etishdi va u yerda sakkizinchi oʻrinni egallab[4], Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan XXVIII qishki Universiada uchun Rossiya terma jamoasiga kiritildi[5]. Fevral oyida sportchilar Rossiya kubogi finalida ishtirok etib, oʻtgan yilgidek ikkinchi oʻrinni egallashdi[6].
Sentyabr oyida rossiyalik juftlik Bergamoda boʻlib oʻtgan Olimpiya mavsumini boshladilar va Lombardiya kubogida kuchli beshlikka kirdi[7]. Bir hafta oʻtgach, juftlik Bratislavada oʻtkazilgan Memorial of Ondrej Nepela turnirini bronza medallari bilan yakunladi[8]. Shu bilan birga, ular umumiy va erkin dasturda oldingi yutuqlarini yaxshilashdi. Noyabr oyi oxirida Tallin shahrida boʻlib oʻtgan shahar turnirida juftlik ikkinchi oʻrinni egalladi va shu bilan birga qisqa dastur boʻyicha oldingi yutuqlarini yaxshiladi[9]. Dekabr oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Korovin va Yefimova juftligi kuchli oʻntalikka kirdi[10]. 2018-yil fevral oyining oxirida juftlik Rossiya kubogi finalida gʻolib boʻlishdi.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Blommaert bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2022 — 2023 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 |
---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | ||||||
Chinese Cup | 8 | |||||
Yaponiya Gran-pri | 4 | |||||
Rossiya Gran-pri | 7 | 5 | ||||
AQSh Gran-pri | 2 | |||||
Universiada | 1 | |||||
Finlandia Cup | 2 | |||||
Nebelhorn Cup | 1 | 7 | ||||
Lombardia Cup | 5 | |||||
Nepela Memorial | 3 | |||||
Tallin Trophy | 2 | 2 | ||||
Tirol Cup | 2 | |||||
Seibt Memorial | 2 | |||||
Milliy | ||||||
Rossiya chempionati | 9 | 8 | 9 | 6 | 9 | |
Rossiya kubogi finali | 7 | 2 | 2 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мемориал Гельмута Зайбта. Пары: Маркеи и Хотарек выиграли, Ефимова и Коровин вторые.“. 17-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2017-yil.
- ↑ „Rostelecom Cup. Пары: Савченко и Массо победили, Забияко и Энберт вторые, Астахова и Рогонов третьи.“. 7-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Tallinn Trophy. Пары: Устимкина и Володин выиграли, Ефимова и Коровин вторые.“. 23-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Чемпионат России. Пары. Столбова и Климов победили, Тарасова и Морозов вторые, Забияко и Энберт третьи.“. 25-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Туктамышева, Радионова и Ильиных / Жиганшин выступят на Универсиаде — 2017.“. 26-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Финал Кубка России. Пары. Астахова и Рогонов одержали победу.“. 17-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2017-yil.
- ↑ „Lombardia Trophy. Пары: Забияко и Энберт одержали победу, Ефимова и Коровин — пятые.“. 1-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Мемориал Непелы. Пары: Забияко и Энберт одержали победу, Астахова и Рогонов — вторые.“. 23-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Tallinn Trophy. Пары: Александровская и Уиндсор победили, Ефимова и Коровин — вторые, Полуянова и Сопот — третьи.“. 5-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2018-yil.
- ↑ „Чемпионат России. Пары: Тарасова и Морозов выиграли, Столбова и Климов — вторые.“. 11-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2018-yil.