Kontent qismiga oʻtish

Alisher Aliqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alisher Mahmudovich Aliqulov (1966.20.11, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2003). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1987) va Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (1995)ni tugatgan. Alisher monumental rang-tasvirda samarali ijod qiladi. Asarlari mavzui, asosan, Oʻzbekiston tarixiga bagʻishlangan. Tarixiy voqealar, shaxslar, anʼanalar va marosimlarni realizm asosida aks ettiradi: „Qadimiy Baqtriyada sport oʻyinlari“ (1996, Olimpiya shon-shuhrati muzeyida), „Dunyo xalqlari ertaklari“ (1997, Yosh tomoshabinlar teatrida); „Oʻzbekistonning buyuk siy-molari“ (1998, Toshkent shahri Kapital qurilish bosh boshqarmasida), Toshkent shahri hayvonot bogʻidagi bir necha dioramalar (1997-98), „Xalq qoʻzgʻolonlari va jadidchilik harakatlari“ (2000) va „Amir Temur jahon tarixida“ (2002, ikkalasi ham Oʻzbekiston tarixi muzeyida) va boshqa monumen-tal asarlar;" „Amir Temurning Toʻxta-mish ustidan gʻalabasi“ va „Samarqand bozori“ (1996, Temuriylar tarixi davlat muzeyida), „Amir temur maqbarasi“, „Bayroq uchun jang“ (1996) va „Qasrning zabt etilishi“ (1998, ikkalasi ham Markaziy ofiserlar uyida), „Sovgʻa“ (2003) va boshqa dastgoh asarlari. Alisher respublika va xorijiy mamlakatlar (Ozarbayjon, Turkiya, Misr, makedoniya, AQSH va boshqalar) dagi koʻrgazmalarda asarlari bilan qatnashdi. „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan (1996)[1]. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Oltin medali bilan taqdirlangan (2001).





  1. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1996-yil 27-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 27-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining besh yilligi munosabat bilan fan, madaniyat, xalq ta`limi va boshqa ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).