Kontent qismiga oʻtish

Alisher Zokirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alisher Zokirov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 17-dekabr 1987-yil (1987-12-17) (36 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Xonanda, bastakor
Faoliyat yillari 2006- hozirgacha

Alisher Zokirov (1987-yil 17-dekabrda, Andijon viloyati) – oʻzbekistonlik taniqli qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor, prodyuser, qoʻshiqlar muallifi.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alisher Zokirov Qutbullayevich 1987-yil 17-nji dekabrda Andijon shahrining Mirpoʻstin koʻchasida, oʻrtahol oilada tavallud topgan. Oilada 4 nafar farzand boʻlib, Alisher oʻrtancha farzand. Alisher 1995-yilda Andijon shahridagi 37-oʻrta maktabga tahsil olish uchun kiradi va ayrim sabablarga koʻra, 2000-yili 27-oʻrta maktabga koʻchib oʻtadi. 5-sinfda Alisherni musiqa'ga qiziqishi borligini sinf rahbari sezib, musiqa toʻgaragiga olib kirib joylagan va bundan keyin Alisher yosh boʻlishiga qaramasdan turli maktab tadbirlarida mumtoz qoʻshiqlarni tor chalib kuylab, maktab ustozlarini hayratga solgan. Alisher turli xil koʻrik-tanlovlarda qatnashib sovrinlar olgan.

2004-yili maktabni tamomladi va oilaviy sharoiti toʻgʻri kelmagani uchun musiqa oliygohiga kirolmadi.

Shunga qaramay, Alisher toʻy va turli bayram tadbirlarda xizmatlarni davom ettirdi.

2005-yili Alisher bastakor'likda ham oʻzini qobiliyatini namoyon etib, bir nechta qoʻshiqlar yozdi. 2006-yili „Ota“ deb nomlangan duet taronasini omma eʼtiboriga havola qildi va muxlislari qalbidan joy oldi.

Alisher ijod qilishda davom etdi va bir nechta xonandalarga qoʻshiqlar yozib berdi. 2007-yili „Mensiz“ deb nomlangan albom chiqardi. 2008-yilda Shoirabegim ismli ayol bilan birga ishlashga qaror qildi, va „Doʻst boʻlib qol“, „Istamadi“, „Kechdim dunyodan“ va yana bir qancha taronalarini muxlislar eʼtiboriga taqdim etdi. „Doʻst boʻlib qol“ va „Istamadi“ taronalari nafaqat Oʻzbekiston'da, balki qoʻshni respublikalarda ham hit darajasiga chiqdi. Alisher 2010-yili Toshkentda ijod qilishni boshladi va yana muxlislarga manzur keladigan taronalarini taqdim etdi.

2018-yilning aprel oyida oʻzining yaqin doʻsti Zohidjon Nurmatov Alisherga prodyusserlik qilishga qaror qildi va bir necha kliplar suratga olib Alisherni ijodi televideniyalarda koʻproq taqdim etilishni boshladi. „Dardi bedavoman“, „Yurak“ „Mayli“, „Aldana“, „Malikam“ singari qoʻshiqlarni muxlislar eʼtiboriga havola qildi.

Alisher Zokirov 2019-yilning 24-25-fevral kunlari prodyusseri Zohidjon Nurmatov boshchiligida „Xalqlar doʻstligi“ saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini namoyish qildi.[1]

Alisher Zokirov, 2021-nji yilning noyabr oyida, Istanbul'da ,,Musofir Ayollar‘‘ deb nomlangan konsert berdi.

Kliplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiq Rejissor
2008 „Dost Bolib Qol“
2011 ,,Kechdim‘‘
,,Istamadi bu yurak’‘
2016 ,,Bechora Singlim‘‘ Ikrom Ali
2017 ,,Bechora Singlim 2‘‘ Ikrom Ali
2017 ,,Bechora Singlim 3‘‘ Ikrom Ali

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Alisher Zokirov Biyografisi“. muz.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.