Kontent qismiga oʻtish

Alkillash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alkillash — organik moddalarga bir valentli alkil guruhlarini kiritish. Alkillash reaksiyasiga komponentlarning konsentratsiyasi va oʻzaro nisbati, katalizatorlar hamda temperatura va boshqa omillar taʼsir qiladi. Texnikada Alkillash yoʻli bilan yuqori oktanli yonilgʻi (izooktan va boshqalar), benzol gomologlari (kumol, etilbenzol va boshqalar) va koʻpgina boshqa birikmalar olinadi. Shuningdek Allkillashdan boʻyoq, dorivor moddalar, oddiy va murakkab efirlar, maxsus uglevodorodlar va boshqa moddalarni sintez qilishda foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil