Allogenez
Qiyofa
Allogenez (yun. allos — boshqa va genesis — kelib chiqish, paydo boʻlish) — organizmlar guruhi evolyutsiyasining yoʻnalishi, oʻzaro yaqin turlarda tuzi-lishning umumiy darajasi oʻzgarmasdan saqlangan holda bir xildagi xususiy moslanishlarning boshqasi bilan almashinuvi. Allogenez yashash muhiti oʻzgarganida, masalan, quruq muhit nam muhit bilan almashganida (allomorfoz, yaʼni idioadaptatsiyash) paydo boʻladigan adaptiv oʻzgarishdan iborat. Allogenezda bir xil organlar rivojlanib ixtisoslashadi, boshqalari oʻz ahamiyatini yoʻqotib reduksiyaga uchraydi. Shuning bilan birga ontogenezning barcha bosqichlari ham qayta quriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |