Kontent qismiga oʻtish

Almashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almashtirish (matematikada) — xossalari har xil boʻladigan ikki toʻplam elementlarini bir-biriga mos qoʻyish. Masalan, X toʻplamning har bir x elementiga Y toʻplamning toʻla aniqlangan u elementa mos qoʻyiladi. Koʻpincha A. deb ayni bir toʻplamning x va y=f(x) ele-mentlari orasidagi oʻzaro bir qiymatli moslik tushuniladi. Geometriyada koʻpincha nuqtaviy Almashtirish tekshiriladi. Bunda biror koʻp xillilik (chiziq, sirt, fazo)ning har bir nuqtasiga uning boshqa nuqtasi mos qoʻyiladi, boshqacha aytganda, nuqtaviy Almashtirish nuqtaviy toʻplamni oʻz-oʻziga aks ettirishdan iborat. Geometriyadada tekislik nuqtasini toʻgʻri chiziq nuq-talariga va, aksincha, toʻgʻri chiziq nuqtalarini tekislikka oʻtkazuvchi Almashtirishlar ham tekshiriladi. Masalan, 2-tartibli egri chiziqqa nisbatan qutbiy Almashtirish shunday Almashtirishdir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil