Almira Skripchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Almira Skripchenko

Almira Skripchenko (1976-yil 17-fevralda tugʻilgan) — fransiyalik shaxmatchi, u xalqaro shaxmat ustasi (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2001-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi, yakka tartibdagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skripchenko 6 yoshida shaxmat oʻynashni boshlagan[1]. 1991-yilda Moldova Sovet Ittifoqidan mustaqil boʻldi. Bu Skripchenkoning birinchi marta oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etishini anglatardi. U 1992-yilda Germaniyaning Duysburg shahrida[2] 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan va 1993-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].

U 1997-yilda fransuz grossmeysteri Joel Lautierga turmushga chiqdi va Fransiyaga koʻchib oʻtdi. U 2001-yilda Fransiya fuqaroligini oldi va 2002-yilda Lautier bilan ajrashganiga qaramay, Fransiya fuqaroligida qoldi. Keyinchalik, Skripchenko fransuz grossmeysteri Loran Fressinega turmushga chiqdi va 2007-yil yanvar oyida qiz farzand koʻrdi[4].

Skripchenko 2001-yilda 25 yoshida oʻzining eng katta muvaffaqiyatini nishonladi va shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi yakka tartibdagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi[5]. Oʻsha paytda u „Moldovada 2001-yilda eng yaxshi sportchi“ deb tan olingan va oʻz vatanida „Milliy xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.

2004-yilda u shaxmatchi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan ikkinchi xalqaro superturnir „Shimoliy Ural kubogi“da gʻolib chiqdi. Skripchenko ayollar oʻrtasidagi sobiq jahon chempioni Mayya Chiburdanidzeni yakkalik bahsda magʻlub etdi. 2005-yilda u „Accentus Ladies“ turnirida gʻolib chiqdi. Skripchenko 2000-yil, 2001-yil va 2010-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borgan[6].

Skripchenko 2002-yildan beri turnirlarda Fransiyani himoya qilib kelmoqda. U 2004-yil, 2005-yil, 2006-yil, 2010-yil[7], 2012-yil[8] va 2015-yillarda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Fransiya chempionatida gʻolib chiqqan. Jamoaviy oʻyinda u dastlab, „Chess Club“ bilan 2003—2004-yillarda, soʻngra, „Klishi Echecs“ bilan 2007—2008-yillar va 2012— 2013-yillarda Fransiya milliy shaxmat ligasida gʻolib chiqdi.

Pokerdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skripchenko yirik poker turnirlarida ishtirok etgan. 2009-yilda u Butunjahon poker seriyasi „No Limit Texas“ turnirida yettinchi oʻrinni egalladi va 78 664 dollar yutib oldi[9]. 2011-yilda u „World Poker Tour“ turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi va 50 000 dollar yutib oldi[10][11]. Uning poker turniridagi yutuqlari 250 000 dollardan oshadi[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Derbyshire. „Checkmate: Chess master Skripchenko finds the felt“. PokerListings.com. Rock Intention Malta (2009-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  2. „Duisburg 1992 - 10° World Championship u16 (girls)“. BrasilBase.
  3. „C.to Mondiale U18 femminile“. LOTO - Lost Tournaments. Italian Chess Federation. Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.
  4. McClain, Dylan Loeb. „An Unusual Double: Husband and Wife Win French Chess Championships“. The New York Times (2010-yil 22-avgust). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  5. McClain, Dylan Loeb. „Frenchwoman Wins Attention at an Event Dominated by Men“. The New York Times (2008-yil 4-may). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  6. McClain, Dylan Loeb. „At Title Event, Asian Women Pursue World Domination“. The New York Times (2010-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  7. Kavalek, Lubomir. „Chess Bundesliga Kicks Off“. The Huffington Post (2010-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  8. McClain, Dylan Loeb. „Taking a Break From Poker to Win a Championship“. The New York Times (2012-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  9. „No-Limit Hold'em (Event 36)“. wsop.com. Caesers Interactive Entertainment (2009-yil 20-iyun). Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.
  10. Perelman. „LA Poker Classic 2011 Event #44 WPT Invitational Final Results“. Commercetournaments.com (2011-yil 3-mart). 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  11. Holloway. „World Poker Tour on FSN: The WPT Celebrity Invitational Part II“. PokerNews.com (2011-yil 30-may). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  12. „Almira Skripchenko“. Hendon Mob database. Media Rex Enterprises. Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.